Среда, 2024-05-08, 03.52
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2007 » Декабрь » 28 » Pokiston sobiq bosh vazirasi Benazir Bxutto o'ldirildi
Pokiston sobiq bosh vazirasi Benazir Bxutto o'ldirildi
09.38
Pokiston sobiq bosh vazirasi Benazir Bxutto o'ldirildi

27/12/2007

Pokiston sobiq bosh vazirasi, Pokiston Xalq Partiyasi rahbari Benazir Bxutto (1953-2007)

Pokistonda sobiq bosh vazira Benazir Bxutto suiqasd natijasida halok bo’lgan.

Bxuttoga Ravalpindi shahrida xalqqa murojaati ketidan tarafdorlarini olqishlayotgan paytda o'q uzilgan.

Bir necha soniya ichida o'sha joyda bir kishi o'zini portlatib yuborgan. Kamida 22 kishining o'lgani ma'lum. Bxutto kasalxonada jon bergan.

Benazir Bxutto 54 yoshda edi.

Benazir Bxuttoning Ravalpindida xalqqa qilgan so'nggi murojaati. 27 dekabr, 2007 yil
Benazir Bxuttoning Ravalpindida xalqqa qilgan so'nggi murojaati. 27 dekabr, 2007 yil

Portlashdan bir necha soat avval “Amerika ovozi” muxbiri Ayoz Gul Bxutto xonim bilan suhbatlashgan edi. Bxutto Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay bilan muloqot qilib, terrorizm va ekstremizmga qarshi birgalikda kurashish zarurligini e’tirof etgan.

Shu yilning oktyabrida Bxutto 8 yillik surgundan qaytgach, katta portlash sodir etilgan va 140 fuqaro hayotdan ko’z yumgan edi.

Sobiq bosh vazira prezident Parvez Musharraf bilan hokimiyatni birgalikda boshqarish borasida uzoq muzokara olib bordi. Biroq tomonlar bir to’xtamga kela olmadi.

Benazir Bxutto Pokiston sobiq rahbari Zulfiqor Ali Bxuttoning qizi. Benazir Bxutto musulmon davlatida bosh vazir etib saylangan ilk ayol.

Ikki marotaba - 1988-1990 va 1993-1996 yillarda Pokiston bosh vaziri bo’lib faoliyat ko’rsatgan. 1999 yilda korrupsiyada ayblangach, vatanini tark etishga majbur bo'lgan.

Benazir Bxuttoning otasi, Pokiston bosh vaziri, Pokiston Xalq Partiyasi yetakchisi Zulfiqor Ali Bxutto siyosiy qotillikda ayblanib, 1979 yilning 4 aprelida qatl etilgan
Benazir Bxuttoning otasi, Pokiston sobiq bosh vaziri, Pokiston Xalq Partiyasi yetakchisi Zulfiqor Ali Bxutto siyosiy qotillikda ayblanib, 1979 yilning 4 aprelida qatl etilgan
Bxutto otasi 1960 yilda asos solgan Pokiston Xalq partiyasi rahbari edi. Musharraf e’lon qilgan favqulodda holatni keskin tanqid qilgan Bxutto terror haqidagi ogohlantirishlarga qaramay, omma oldida chiqishlarini davom ettirgan. G’arb davlatlari Benazir Bxuttoni demokrat islohotchi deya ta’riflab kelgan.

AQSh Bxuttoning o’ldirilganini keskin qoralab chiqmoqda.

Davlat departamenti nazarida Bxuttoning o’limi Pokistonda siyosiy beqarorlik avjida ekanidan, demokratiya xavf ostida ekanidan va ekstremistlar hali ham katta kuchga ega ekanidan dalolat.

Rossiya ham Benazir Bxutto o’limini katta fojea deb atamoqda.

Shuningdek, bugun noma’lum shaxs muxolifat yetakchisi Navoz Sharif tarafdorlarini o’qqa tutib, 4 kishini o’ldirgan. Har ikki siyosatchi 8 yanvarga belgilangan parlament saylovlari arafasida targ’ibot ishlarini olib borayotgan edi.

Views: 1070 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Декабрь 2007  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Login form
Search
Site friends

Statistics