Вторник, 2024-05-07, 06.50
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Январь » 21 » Uzbekistonliklar diqqatiga
Uzbekistonliklar diqqatiga
00.21

Assalomu alaikoum, hurmatli Uzbekistonliklar, Huquq himoyachilari, Huquq himoya qiluvchi tashkilotlar va hk. Biz O’zbekistonliklar Misrdagi BMT ning qochinlar bo’limida qochqin maqomini olib hozirda juda qiyin holatda yashayotgan qochqinlar.
Bu Risola O’zbekistonlik qochqinlarga befarq bo’lmaganlarga , qochqinlarga yordam berishga va huquqlarini himoya qila oladiganlarga Murojatnoma.!!
Buni Misrdagi BMT ning qochqinlar bo’limidan(UNHCR) norozi bo’lib yozilgan shikoyat deb qabul qilasizlar!!
Negaki.. , Misrdagi UNHCR hodimlari umuman Masuliyat sezmay qo’yishgan....
Misol uchun bizda Misr arab jumhuriyatidagi UNHCR ( UVKB OON ) bulimi umuman qochqinlar bilan ishi yo’q! Hohlagan vaqt borib Hodimlari bilan suhbatlashishga , savolingiz bulsa savol berishga, hatto o'z Qochqinlik huquqingizni ham bilishni iloji yuq!!
 Misrdagi UNHCR bo’limi boshligiga bir necha marta yozma ravishda ,pochtadan aroza yozib junatdim , biron marta javob ola olmadim. To’g’ridan-to’g’ri uchrashib gaplashishga iloji yo’q, qabul qilmaydi. Ichkariga Binoga kirishlikni umuman iloji yuq. UNHCR binosi eshigi yonidan gaplashib ichkariga , binoga kirgizmaydi.
Qochqinlarni huquqini kim himoya qiladi, Ayniqsa biz Misr dagi qochqinlar , umuman og'ir ahvolda qolganmiz. och qolib , ijaraga haqini tulolmasdan ko'chada qolib ketsangiz ham ishi yuq, yiliga 40$ (USD) dan to'rt marra yordam puli beradi faqat. 40$ chaqaloqqa ham etmaydi..... mana shu 40$ ham oylab kutib, navbatga turib , qancha mashaqqatlar bilan olasiz.!
Tibbiy yordami esa umuman sifatsiz. G’amho’rlik yo’q, qochqin huddi inson emas hayvondek munosabatda buladilar.. Misrda Bitta millat ikki Din ga bulinganliklari sabab Bu erda Ikkita din ortasida qandaydir nizolar bor, hatto uzbekistonda ham kurmaganman bunaqa nizolarni....Ayniqsa Tibbiy "Karitas" markazda Nasroniylar ishalaydi , bizni Musulmonligimizni bilib, biz bilan umuman yomon munosabatda buladilar.
Hatto biz bir marta borib , 5 soat navbatda turib ,ohiri navbatimiz etib doktur qabuliga kirsak hatto tekshirmasdan, diagnoz quymasdan qanqadur dori yozib berdi, va qaysidur aptekaga borib yarim pulini tulab olasan dedi, biz uylagan edik , ularda Tiiboyot markazida davolaydigan, kasalga tashhiz qo’yadigan asboblar bilan ta minlangan ,Yuqori darajali Mutahasis Vrachlar bor deb uylasak chuchvarani hom sanagan ekanmiz. Bilmadik qaerda talim olgan bir duktur utirib , faqat retsept yozib utiribdi. Shahsan meni ayolimni oshqozon og’rig’ bilan shikoyat qilib borgan edik, doktur diagnoz quymasdan , tekshirmasdan, qanaqadur dori yozib berdi, balki oshqozonda yazva bordur, balki boshqa kasallik , Bizdan suradi nima shikoyatilar bor deb , biz Oshqozon qattiq og'riydi deb aytdik va indamasdan qanaqadur dori yozib berdi.Suragani ham yuq qaysi vaqti , nechi mahal ogriydi...deb.
Ishlashga misrda umuman iloji yuq, bizga UNHCR ishlash uchun Misr jumhuriyatidan ruhsat ham olib bergani yuq. Olib berganda ham Misrda ishsizlik juda yuqori darajada . Uy ijara haqqi eng kami 100$ (USD)Misrga Sayohatchilar kup kelganligi sabab, uy ijara haqqi juda qimmat. Mening 3 ta farzandim bor , ularni eb ichirish , kasal bulib dokturga olib borish(Misrda hamma Shifohonalar pullik) imkoniyatim yuq. Ahir bularga qandaydir chora bordur?...
Misr Jumhuriyatidan tashqariga chiqa olmaymiz, bizda faqat SHu Misr jumhuriyati ichida yurishlik uchun qochqinlar Kartasini bergan. Boshqa davlatga chiqamiz desak -chiqaver faqat qochqinlik maqomini olib quyamiz deydi. Bo’lmasam 3 davlatga chiqarilar desak Misr UNHCR umuman 3 davlatga chiqarmaydi, Misrda Qochqinlik so’radingmi Misrda qolishga majbursan deb aytishadi. Agar uchinchi davlatga chiqarmas ekan unda Bizga Misrda Har doimga yahsash uchun Huquq bersin, biz bemalol boshqa davlatlarga chiqaylik, ishlash uchun qulay bulgan davlatlarga borib ishlaylik, musulmonlarga farz amali bo’lgan Hajga bemalol borib kelaylik.
Bizni na uchunchi davlatga chiqaradi na Misrda har doimgi yashashlik huquqini beradi. Biz huddu Misrga qamab quygandek. Bizda ikkita yul bor 1- O’zbekistonga qaytish va u erda qamalib qiynoqlarga qolish, 2- Misrda ishsiz, pulsiz, Uy-ijara haqqini tula olmasdan va Misrdan tashqariga chiqa olmasan mana shu Misrda qamalib utirishlik.
Bizni har tamonlama insoniylik huquqlarimiz buzulmoqda.
Biz qochqinlarga holatidan befarq bulmaganlarga murojat qilib aytamizki, bizning ham Huquqlarimizni himoya qiladiganlar, bizga ham shu chorasiz holatdan qanday chiqish kerakligini urgatib ,bizning Huquqlarimizni himoya qilishlikda yordam berishliklarini surab qolamiz.
Shohrooh Ziyodulla
uzb_uzbekistan@yahoo.com
  +2010-987-1962 
Yanvar.2008 Misr

Views: 1186 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Январь 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Login form
Search
Site friends

Statistics