Среда, 2024-05-08, 00.58
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Январь » 28 » Vahobiylikda ayblangan shaxsga besh yil qamoq jazosi berildi
Vahobiylikda ayblangan shaxsga besh yil qamoq jazosi berildi
14.54


27/01/2008
Huquq himoyachilarining aytishicha, Alisher Ubaydullayev norozilik namoyishlarida ishtirok etgani uchun qamoq jazosiga hukm qilingan.

Rasmiy ayblovga ko’ra esa Ubaydullayevning “vahobiylik” oqimiga aloqasi bor.

Alisher Ubaydullayevning otasi va advokati Omon Ubaydullayevning aytishicha, o’g’lining Londonda norozilik aksiyasida qatnashgani haqidagi ma’lumot jinoiy ishda asosiy o’rinda turadi.

“Andijon voqealari bo’yicha Angliyadagi elchixonada prezident siyosatiga qarshi norozilik aksiyasida qatnashdi deb epizod qo’yilgan. Vaholanki, guvohlar buni rad qilgan bo’lsa ham”, - deydi Omon Ubaydullayev.

Alisher Ubaydullayev 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Hukm ustidan shikoyat arizasi berilgan. Uning advokatiga ko`ra, Alisherning vahobiylarga qo’shilgani haqidagi da’vo asossiz.

“Gumondorlani birortasi so’roq qilinmagan. O’g’limni jazolayapti, tergovchi “halqa”ni o’ylab topib, vahobiylik tizimi deb jinoiy ish qo’zg’atgan. Bu tergov davomida guvohlar ko’rsatmalari bilan to’liq rad qilindi”, - deydi advokat Ubaydullayev.

“Angliyaliklar, maxsus xizmat vakillari O`zbekiston elchixonasi oldiga borib norozilik o`tkazishga da’vat qilishdi deb yozib berasan degan. O’g’lim yozib bermagan. Uni turmada urishgan.”

“Ezgulik” inson huquqlari jamiyatining mazkur ish yuzasidan bayonotida tergov ishi bir yoqlama, qiynoqlar ostida o’tgani, sudda jamoatchilik vakillari qatnashishiga ruxsat berilmagani ta’kidlanadi.

“U 2005 yil may oyida Londonda O’zbekiston elchixonasi oldida o’tgan norozilik aksiyasida qatnashganlikda gumon qilingan. O’zbekistonga qaytgach, Andijon voqealari yuzasidan tergov ishlarida gumondor sifatida qamoqqa olingan. Davlatga qarshi adabiyotlar tarqatishda ayblangan. Sudi bir necha marta qoldirildi. Yaqinda hech kimga bildirmasdan hukm o’qilibdi”, - deydi “Ezgulik” vakili Abdurahmon Tashanov.

Huquq himoyachisi Surat Ikromov so’zlariga ko’ra, ayniqsa diniy e’tiqod yuzasidan tergov ishlarida qiynoqlarni qo’llash an’anaga kirgan. Qiynoqlar oqibatida mahbuslar vafot etmoqda.

O’zbekistonda konstitusiya munosabati bilan e’lon qilingan amnistiya qo’llanila boshlandi. Biroq faollar nazarida diniy e’tiqodi uchun qamalganlar hamda huquq himoyachilari chetlab o’tilmoqda.

Ularning aytishicha, muxolif qarashdagi faollarga ta’qiblar kuchaymoqda, ularni jamoatchilikka haqiqiy jinoyatchi qilib ko’rsatish harakati kuzatilyapti.

Yaqinda O’zbekiston televideniyesi qamoqdagi shoir Yusuf Juma oilasi haqida ko’rsatuv namoyish etdi. Filmda Yusuf Juma va oilasi militsiyaga hujum qilganlikda va boshqa jinoyatlarda ayblangan.

Yusuf Juma, deydi faollar, aslida muxolif qarashlari va bu qarashlarini himoya qilishga jazm etgani uchungina jazoga tortilmoqda.

Views: 1195 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Январь 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Login form
Search
Site friends

Statistics