Четверг, 2025-11-27, 20.43
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Февраль » 7 » Saidjahon Zaynobiddinov ham avf etildi
Saidjahon Zaynobiddinov ham avf etildi
17.39
Saidjahon Zaynobiddinov ham avf etildi
NewsUz - O‘zbekistondagi atoqli inson huquqlari himoyachisi, ro‘yxatga olinmagan «Appelyatsiya» tashkiloti rahbari Saidjahon Zaynobiddinov muddatdan oldin ozodlikka chiqarildi. Uch yilga yaqin muddat davomida qamoqda saqlangan huquq faoliga O‘zbekiston Senati tomonidan 2007 yilning noyabrida e'lon qilingan amnistiya akti qo‘llandi. 

Saidjahon Zaynobiddinovning ma'lum qilishicha, uning salomatligi joyida. Ayni paytda u erkin hayotga moslashishga harakat qilyapti.

«Appelyatsiya» nodavlat tashkiloti rahbari 2005 yili Andijon shahrida ro‘y bergan hodisalarning jonli guvohlaridan biri. Uning qamoqqa olinishi va ozodlikdan mahrum etilishiga ham ana shu sabab bo‘lgan.

Andijonda ro‘y bergan otishmalarning bevosita shohidi bo‘lgan huquq himoyachisi mash'um voqealardan keyinoq butun dunyo ommaviy axborot vositalariga intervyu berib, qirg‘in paytida bir qancha begunoh odamlar qurbon bo‘lganini ochiq aytgan edi. Kuzatuvchilarning fikricha, huquq himoyachisi aynan Andijon voqealari bo‘yicha rasmiy munosabatni inkor etgani uchun ham jazoga tortildi.

Saidjahon Zaynobiddinov 2005 yilning 21 mayida qamoqqa olindi. U O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159- («amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz»), 139-moddalari («tuhmat»), 244-moddaning birato‘la ikki qismi («jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid qiluvchi materiallar taryyorlash va tarqatish» va «diniy ekstremistik, separatistik, fundumentalistik va boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish va rahbarlik qilish»)da ayblandi.

Jinoiy ish ochilganidan keyin u  sakkiz oy ichki ishlar vazirligi tergov izolyatorida saqlandi. 2006 yilning 13 yanvarida yopiq tartibda o‘tgan sudda huquq himoyachisi yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Tutqunlikdagi hayoti haqida ma'lumot bergan Saidjahon Zaynobiddinov qamoqxonada unga yomon munosabatda bo‘lishmagani, lekin hammadan uzib, izolyatsiya holatida saqlashganini aytdi. Shu bilan birga ikki yilu sakkiz oylik muddat davomida uni tez-tez qamoqxonadana qamoqxonaga ko‘chirishganini eslab o‘tdi.

Oxirgi oyda O‘zbekistondagi bir qator inson huquqlari himoyachilari amnistiya akti qo‘llandi.

Jumladan, sirdaryolik Karim Bozorboev, taniqli inson huquqlari faoli Baxtiyor Hamroevning o‘g‘li Ixtiyor, jurnalist va huquq himoyachisi Umida Niyozova o‘tayotgan jazodan ozod etildi.

Hozirgi qadar O‘zbekistonda siyosiy mahbuslarga nisbatan amnistiya akti kamdan kam hollarda qo‘llangan. Bu esa G‘arb mamlakatlari va inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lib kelgan.

Kuzatuvchilar rasmiy Toshkentning insonparvarlik siyosatini o‘tgan oyda G‘arbdan kelgan yuqori martabali mehmonlarning tashrifi bilan bog‘lashmoqda. Joriy yilning 17 yanvar kuni Toshkentga Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Per Morel, 24 yanvar kuni AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi rahbari, admiral Uilyam Fellon tashrif buyurdi. Muzokaralar chog‘ida nufuzli mehmonlar mamlakat rahbariyati bilan inson huquqlari masalasini ham muhokama qilganlar.

Shundan kelib chiqib, aksariyat tahlilchilar O‘zbekistonda qamoqqa hukm etilgan huquq faollarining ozodlikka chiqarilishini rasmiy hukumatning Yevropa Ittifoqi va AQSh bilan aloqalarni yaxshilashga urinishi sifatida talqin qilmoqdalar

Views: 991 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Февраль 2008  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
2526272829
Login form
Search
Site friends