Четверг, 2025-11-27, 20.43
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Февраль » 7 » Aviatsiya zavodining rus birlashmasiga qo‘shilishi aniq
Aviatsiya zavodining rus birlashmasiga qo‘shilishi aniq
17.48
Aviatsiya zavodining rus birlashmasiga qo‘shilishi aniq
07.02.2008 y.
NewsUz - Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish zavodi Rossiyaning Birlashgan aviatsiya korporatsiyasi tarkibiga qo‘shilishi haqida ko‘pdan beri xabarlar mavjud bo‘lsa-da, rasman tasdig‘ini topmayotgandi. Mazkur ma'lumot ilk marta O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov tomonidan Moskvadagi uchrashuvda tasdiqlandi. O‘zbek davlat rahbari bu birlashuvni ulkan hodisa deb atadi.

Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi 1941 yili Rossiyaning Ximka shahridan urush munosabati bilan ko‘chirib keltirilgan zavod asosida tashkil etildi. Sho‘ro davrida mintaqadagi eng yirik korxona sanalgan ushbu maskanda turli modeldagi samolyotlar, ular uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarilgan.

O‘zbekiston sovet ittifoqi tarkibidan chiqib, bozor munosabatlariga o‘tganidan keyin barcha yirik korxonalar kabi Chkalov zavodi ham qator qiyinchiliklarga duch keldi. Xususan, buyurmaning kamligi, ishlab chiqarish sur'atining pasaygani tufayli bir paytlar shahardek hududni egallagan zavod tezlik bilan inqiroz tomon keta boshladi. 1996 yilning mayida zavod aktsiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi. Biroq baribir ishlab chiqarishni oldingi darajada saqlab qolish imkoni bo‘lmadi.

Ayni paytda Chkalov zavodida Il-76, Il-114 yo‘lovchi samolyotlari, An-70 samolyoti uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi.

- Bir zamonlar shuhrat qozongan zavodning rus korporatsiyasi tarkibiga qo‘shilishi amalda jiddiy o‘zgarishlar olib kelmasa kerak, - deydi zavod vakili. - Chunki hozir ham birlashmada foydalanilayotgan ehtiyot qismlarning deyarli 85 foizi Rossiya ulushiga to‘g‘ri keladi.

Rossiya O‘zbekistonning asosiy iqtisodiy hamkorlaridan biri. Federatsiya so‘nggi yillarda mamlakatga 3 milliard dollar atrofida sarmoya kiritdi. O‘zbekistonda rus sarmoyasi ishtirokidagi 700 ga yaqin qo‘shma korxona ishlayapti. Kuzatuvchilarga ko‘ra, mamlakat faxri sanalgan aviatsiya zavodining rus korporatsiyasiga qo‘shilishi iqtisodiy integratsiya kuchayoyagani, ayni paytda Moskvaning o‘zbek bozorida faol bo‘lishga urinayotganini ham anglatadi.

Views: 902 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Февраль 2008  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
2526272829
Login form
Search
Site friends