Четверг, 2025-11-27, 20.43
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Февраль » 10 » Dilmurod Muhiddinov qayerda?
Dilmurod Muhiddinov qayerda?
23.24
Dilmurod Muhiddinov qayerda?
NewsUz - Inson huquqlari himoyachisi, "Ezgulik" jamiyatining Marhamat tumani bo‘yicha raisi Dilmurod Muhiddinovning taqdiri hozircha noma'lum bo‘lib turibdi. Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, u joriy yilning 3 fevralida ozodlikka chiqarilgan. Biroq ne ajabki, ozodlikka chiqarilgan mahkum uyida yo‘q.

Dilmurod Muhiddinov ozodlikka chiqarilgani xususidagi gap-so‘zlarni eshitgan uning yaqinlari nega uyga kelmayotganidan xavotirga tushmoqdalar. Huquq himoyachisning akasi Botirjon Muhiddinovning ma'lum qilishicha, mahkumning onasi og‘ir ahvolda qolgan. Faollarining taqdiri mualliq bo‘lib qolayotganidan "Ezgulik" jamiyati vakillari ham tashvishdalar. Tashkilot rahbari Vasila Inoyatovaga ko‘ra, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasidan amnistiya Dilmurod Muhiddinovga ham tegadi deb ishontirishgan.

Dilmurod Muxiddinov siyosiy faoliyat bilan ham shug‘ullangan. U muxolifatdagi Birlik xalq harakatining faollaridan biri bo‘lgan. U 2005 yilning 20 mayida Andijon voqealaridan bir hafta o‘tib, ushbu hodisalarni keskin tanqid qiluvchi bayonotlar tarqatgani tufayli hibsga olindi. D.Muhiddinov sud tomonidan besh yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Fevral oyining boshlarida O‘zbekistonda bir qator inson huquqlari faollari - Karim Bozorboev, Saidjahon Zaynobiddinov, Umida Niyozov, taniqli huquq himoyachisi Baxtiyor Xamroevning o‘g‘li Ixityor Hamroev jazodan ozod etildi.

Views: 892 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Февраль 2008  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
2526272829
Login form
Search
Site friends