Пятница, 2024-05-03, 01.17
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Февраль » 10 » Tadbirkorlar soliqlardan norozi
Tadbirkorlar soliqlardan norozi
23.37
Tadbirkorlar soliqlardan norozi
NewsUz - Farg‘ona shahri markazida joylashgan savdo majmuasi sotuvchilari 8 fevral kuni norozilik chiqishi uyushtirishdi. Voqea joyida bo‘lgan manbaning ma'lum qilishicha, savdo majmuasi maydonida yig‘ilganlarning miqdori 500 dan oshiqroq edi. Ular mahalliy hokimiyatga soliqlar va tekshiruvlarni kamaytirish talabini qo‘yishdi.

Shahar markazida joylashgan majmua yirik savdo nuqtasi sanaladi. Majmua Farg‘ona viloyatining turli shahar, tumanlaridan kelgan fuqarolarga xizmat qiladi. Joriy yilning 6 fevralida mazkur savdo majmuasidagi bir qancha yirik do‘konlarda huquq idoralari tomonidan katta miqdordagi mollar musodara qilingan. Bunga esa mahsulotlarni sotishda kassa cheklari berilmagani asos qilib ko‘rsatilgan.

Norozilik namoyishi ishtirokchilari mahalliy hokimiyatdan kassa apparatlarini majburiy tartibda o‘rnatishni bekor qilish, soliq yukini kamaytirishni talab qilishdi. Nomini oshkor etmagan tadbirkorlardan birining aytishicha, ayni paytda sotuvchilardan har oyda olinayotgan soliq miqdori o‘rtacha 200 ming so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari, ishbilarmonlar savdo faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ijaraga ham 100 dan 200 dollargacha miqdorda haq to‘lashlari talab etiladi.

Ushbu tartibga qarshi chiqqan namoyishchilar oldiga yaqindagina Olloyor Begaliev o‘rniga shahar hokimi vazifasiga tayinlanganErkin Nuraliev, shahar soliq inspektsiyasi rahbari, ichki ishlar bo‘limi rahbari keldi. Namoyishchilarning arzi-dodini tinglagan hokim 6 ushbu fervaldagi tekshiruvdan bexabar ekanini bildirdi. O‘z navbatida soliq idorasi rahbari ham o‘limdan xabari borligi, lekin tekshiruv xususida ilk marta eshitib turganini ma'lum qildi. Mutasaddi rahbarlar ishbilarmonlarga talablari bajarilishini va'da berib jo‘nab ketishdi.

Hozircha tadbirkorlar o‘z talablarini to‘la bajarilmaguncha, do‘konlarini ochmasliklarini bildirishmoqda. 

Views: 1077 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Февраль 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
2526272829
Login form
Search
Site friends

Statistics