Пятница, 2024-05-03, 03.16
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Февраль » 21 » Sobiq direktor so‘nggi manzilga kuzatildi
Sobiq direktor so‘nggi manzilga kuzatildi
01.29

 Sobiq direktor so‘nggi manzilga kuzatildi

NewsUz - "O‘zbekiston" havo yo‘llari milliy aviakompaniyasining sobiq rahbari Arslon Ro‘zmetov Toshkentda dafn etildi. Davlat mulkini talon-taroj qilish aybi bilan sudga tortilgan marhum ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish boshqarmasiga qarashli shifoxonada vafot etdi. Mamlakat hayotida bu kabi holat - yuqori lavozimli rahbarning qamoqxonada vafot etishi kam uchraydi.

Arslon Ro‘zmetov O‘zbekiston havo yo‘llari milliy aviakompaniyasiga o‘n yilga yaqin vaqt rahbarlik qildi. Aynan u boshchilik qilgan paytda aviakompaniya ish tizimi tubdan o‘zgardi, xorijdan zamonaviy samolyotlar sotib olindi. U bir paytlar mamlakatning birinchi raqamli uchuvchisi sifatida faoliyat yuritdi, mamlakat rahbari Islom Karimovning xorijiy safarlariga sarbonlik qildi. Biroq milliy aviakompaniya rahbarining korruptsiya bilan bog‘liq qilmishi unga nisbatan ta'qibning kuchayishiga sabab bo‘ldi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Arslon Ro‘zmetov 1990-yillar oxirida xorijiy samolyotlarni sotib olish paytida katta miqdorda mablag‘larni o‘zlashtirgan. Aynan davlat mulkini o‘zlashtirish bilan bog‘liq ayblov uning 2002 yilda aviakompaniya rahbarligidan ketishiga sabab bo‘ldi.

Arslon Ro‘zmetovning jinoiy qilmishlar haqida ovozalar tarqalgan paytda u Moskvaga ketishga muvaffaq bo‘ldi. To‘g‘rirog‘i, unga ana shunday imkoniyat berildi.  O‘zbekistonda jinoyatda ayblangan shaxs Rossiya poytaxtiga bemalol yetib olgani va u yerdagi aeroportlardan biri (Vnukovo)ga rahbarlik qila boshlaganidan keyin ko‘pchilik uni o‘zbek rasmiylari avf etishdi, shekilli deb o‘ylagan edi. Biroq kutilmaganda o‘tgan yili jinoiy ish ochilgani munosabati u Rossiya huquq idoralari tomonidan hibsga olindi va O‘zbekistonga yuborildi.
So‘nggi paytlarda Arslon Ro‘zmetovga ham 2007 yilning dekabrida qabul qilingan amnistiya akti qo‘llanishi va ozodlikka chiqarilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Lekin IIVga qarashli UYa 64/18 muassasasida davolanayotgan sobiq rahbarga ozodlikka chiqish nasib etmadi.

Arslon Ro‘zmetov 1946 yili tug‘ilgan. Uning otasi Ro‘zmat G‘oyipov sho‘rolar davrida mamlakatning eng ta'sirli arboblaridan biri bo‘lgan, uzoq yil Qashqadaryo viloyati kompartiyasining rahbarlik qilgan. Keyinroq vaqt o‘tishi bilan kompartiya yetakchining o‘g‘li ham mamlakatdagi eng nufuzli va daromadli kompaniyalardan biriga boshliq bo‘ldi. Lekin korruptsiya, ta'magirlik va poraxo‘rlik oxir-oqibat arbobning panjara ortida hayot bilan vidolashishiga olib keldi.
Views: 1416 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Февраль 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
2526272829
Login form
Search
Site friends

Statistics