Пятница, 2024-05-03, 01.20
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Февраль » 21 » Iqtisodiy siyosatda shaffoflik muhim
Iqtisodiy siyosatda shaffoflik muhim
01.32

 Iqtisodiy siyosatda shaffoflik muhim

NewsUz -  Toshkent shahrida «Iqtisodiy siyosat islohotlari» loyihasining yakuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Mamlakat iqtisodiy hayotida bir qator muhim o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan yirik loyiha "Islohotlar samaradorligini oshirish uchun nimalarga e'tibor qaratish kerak?" degan savol negizida olib borildi. Unda qator muammoli masalalarga e'tibor qaratildi.

Ushbu loyiha AQSh Xalqaro taraqqiyot bo‘yicha agentligi - YUSAID tomonidan moliyalashtirildi, BearingPoint Inc tomonidan ijro etildi.

Uch yil davomida amalga oshirilgan va iqtisodiy tadqiqotlar borasida sezilarli natijalar bergan loyihaning yakuniy bosqichida respublikadagi tadqiqot instututlari, donor tashkilotlar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hozir bo‘ldilar. Tadbirda AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Richard Norland chiqish qildi.

Amerikalik diplomat so‘z avvalida mazkur tadbir «Iqtisodiy siyosat islohotlari» loyihasining yakuniy bosqichi ekani, lekin dasturning yopilgani yoki to‘xtaganini anglatmasligi, bu boradagi hamkorlik izchil davom etishiga e'tibor qaratdi.

- AQSh hukumati O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, xususan, xususiy sektor uchun qulay muhit yaratish, aholining farovonligini oshirishga ko‘mak berishga har doim tayyor, - dedi janob Richard Norland. - YUSAID tomonidan moliyalashtirilgan mazkur loyiha ana shu yo‘nalishlarga qaratilgan. Pirovardida esa bu iqtisodiy siyosatning shaffofligiga xizmat qiladi.

Tadbirda loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil ma'lumot berildi. Aytish kerakki, «Iqtisodiy siyosat islohotlari» dasturi bo‘yicha bir qator dolzarb masalalarda izlanishlar olib borildi. Mamlakatda mavjud real vaziyat ilmiy dalillar asosidi o‘rganildi. Mazkur loyiha doirasida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, byudjet siyosatining shaffofligini oshirish, soliq tizimini takomillashtirish, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, bank-moliya muassasalari faoliyati kabi qator jiddiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oldi. Zikr etilgan har bir yo‘nalish bo‘yicha chuqur asosda izlanishlar tashkil etildi. Erishilgan natijalar asosida qator maqolalar chop etildi, tadqiqotlar mamlakatdagi vazirliklar, hukumat idoralari, parlament va ishbilarmon doira vakillar e'tiboriga havola etildi. Dastur bo‘yicha O‘zbekistoning Jahon savdo tashkilotiga kirish imkoniyatlari, bu yo‘ldagi muvaffaqiyat va muammolar ham tahlil qilindi.

Darvoqe, tadbir davomida iqtisodiy siyosatning muhim yo‘nalishlarini ochib bergan bir qator tadqiqotchilarga turli nominatsiyalarda sovrinlar topshirildi. 

Aholi farovonligi, xalq hayotining yaxshilanishi ko‘p jihatdan iqtisodiy siyosatning nechog‘li to‘g‘ri va asosli yo‘lga qo‘yilishiga bevosita bog‘liq. Shu ma'noda YUSAID tomonidan ana shu yo‘nalishdagi loyihaning qo‘llab-quvvatlanishi bejiz emas.

Tadbir ishtirokchilari bir necha yil davomida amalga oshirilgan ushbu loyiha hozirdanoq ijobiy samara bera boshlaganini qayd etdilar. Masalan, «Iqtisodiy siyosat islohotlari» loyihasining muhim tarmoqlaridan biri soliq siyosatini takomillashtirish edi. Ushbu tadqiqotlar mevasi o‘laroq, joriy yilnning 1 yanvaridan mamlakatda yangi soliq kodeksi kuchga kirdi, korporativ va jismoniy shaxslarga yuklangan soliqlar miqdori kamaytirildi. 

Mutaxassislar "eng yaxshi sarmoya bu iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish uchun kiritilgan sarmoya" deb baholashadi. YUSAID moliyaviy ko‘magida amalga oshirilgan loyiha ham ana shu jihati bilan ahamiyatli
Views: 1220 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Февраль 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
2526272829
Login form
Search
Site friends

Statistics