Четверг, 2024-05-02, 19.12
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Февраль » 21 » Prokurorning inqirozi
Prokurorning inqirozi
01.35
Prokurorning inqirozi
 NewsUz - O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari Anvar Nabiev unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani munosabati bilan hibsga olindi. Uzoq yillar mamlakat milliy xavfsizlik xizmatidan ishlab kelgan polkovnik Andijon voqealari munosabati bilan qamoqqa olinganlarga qarshi davlat ayblovchisi sifatida nom chiqargandi.

Bir paytlar Milliy xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasiga rahbarlik qilgan Anvar Nabiev yana tergov jarayonida ishtirok etyapti. Biroq oldingilardan farq qilib, bu gal tergovchi sifatidan emas, gumonlanuvchi sifatida. Unga nisbatan qo‘zg‘atilgan ishni Toshkent shahar prokuraturasi olib boryapti.

Aslida Anvar Nabievning ishi tergovga tushgani haqiidagi mish-mishlar bundan avvalroq paydo bo‘lgandi. Manbalarga ko‘ra, yuqori lavozimli xavfsizlik ofitseri bosh prokuror o‘rinbosari bo‘lib turgan paytda ham gumondor sifatida tergovga jalb etilgan.

Anvar Nabiev MXX tizimidagi muhim tarmoqlardan biri - tergov boshqarmasiga rahbarlik qildi. Andijon voqealaridan keyin u ushbu ish bo‘yicha qamoqqa olingan o‘nlab kishilarni tergov qilishga boshchilik qildi, Oliy sudda o‘tkazilgan namunali mahkama jarayonida davlat qoralovchisi sifatida ishtirok etdi. Bu paytga kelib u mamlakat bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Andijon voqealari bo‘yicha xizmatlar inobatga olinib, u oz muddat o‘tib O‘zbekiston Prezidenti davlat maslahatchisi etib tayinlandi. Bu polkovnik uchun katta ko‘tarilish edi. Chunki aynan davlat maslahatchisi mamlakatdagi barcha huquq idoralari ustidan nazorat funktsiyasini amalga oshiradi. Lekin Anvar Nabiev prezident devonida ko‘p ishlamadi. Ko‘p ham o‘tmay u yana bosh prokuror o‘rinbosariligiga qaytarildi.

Anvar Nabievning nomi bundan oldinroq bir qator kriminal xabarlarda ham bot-bot tilga olingan. Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent щahar sudining sudyasi Zokirjon Isaevning Oliy sud raisi Bo‘ritosh Mustafoev nomiga yozgan shikoyatida A. Nabiev korruptsiya, ta'magirlik va poraxo‘rlikda ayblangandi. Mazkur shikoyatda davlat maslahatchisi o‘z lavozimidan foydalanib bir qator jinoyatchilarni himoya qilib kelayotgani qayd etilgandi. Shunga asoslanib, ayrim tahlilchilar polkovnikning hibsga olinishiga sobiq sudyaning shikoyat xati va unda aytilgan fikrlar ham ta'sir etgan bo‘lishi mumkin demoqdalar.

O‘z nomini oshkor etishni  istamagan mahalliy kuzatuvchilardan biri esa vaziyatni shunday baholaydi: "O‘zbekiston sharoitida yuqori lavozimli amaldorlarga qarshi aytilgan so‘zlar odatda qumga singigan suvdek izsiz ketadi. Anvar Nabievning hibsga olinishiga ham faqat Z. Isaev tomonidan ilgari surilgan ayblov asos bo‘lgan deyish noto‘g‘ri bo‘lardi. Chunki bosh prokuror o‘rinbosarining qamoqqa olinishi oradan ancha vaqt o‘tganidan keyin ro‘y beryapti. Shundan kelib chiqib, Anvar Nabievning ayni paytda mavjud hukumatga foydasidan zarari ko‘p tegayotgani sababli birdaniga unga qarshi aytilgan ayblovlar esga olinib, u qamoqqa olindi deyish mumkin. Ushbu maqsadda esa sudya va unga o‘xshash kishilarning fikrlaridan foydalanilishi turgan gap".

Aytish kerakki, Anvar Nabiev kabi organ, xususan maxfiy xizmat tizimida katta nufuzga ega bo‘lgan amaldorning hibsga olinishi bunga bog‘liq holda, zanjir kabi boshqa o‘rta qatlam mansabdorlarini ham o‘z domiga tortishi mumkin. Yoki birgina katta qurbonlik evaziga qolgan o‘rtamiyona amaldorlar jazodan qutulib qolishi ham hech gap emas. Voqealar rivoji baribir ko‘p jihatdan sanoqli kishilarning kayfiyatiga bog‘liq. Lekin aksariyat tahlilchilar amaldagi hukumatga uzoq yil xizmat qilgan polkovnikka qattiy jazo berilmasligi, avf yoki boshqa shakldagi yo‘llar bilan belgilangan jazodan ozod etilishini taxmin qilmoqdalar.

Manbalarga ko‘ra, Anvar Nabiev davlat maslahatchisi bo‘lib ishlagan paytdagan paytda unga bosh konsultantlik qilgan To‘lqin Usmonov ham hibsga olingan. U xavfsizlik xizmati tomonidan tergovga jalb etilgan.

Views: 1224 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Февраль 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
2526272829
Login form
Search
Site friends

Statistics