Четверг, 2024-05-02, 20.57
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Февраль » 21 » “DAN”chilarga yana maza…
“DAN”chilarga yana maza…
01.38

 “DAN”chilarga yana maza…
NewsUz - O‘zbekistonlik yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga ham qiyin. Yegani oldida, yemagani ketida bo‘lsa, beli og‘rimasdan pul topsa, nimasi qiyin ekan, deb e'tiroz bildirishingiz tabiiy. Sobiq DAN idorasi vorislarining pora va shirinkomaga mukkasidan ketgani bor gap. Biz aytmoqchi bo‘lgan qiyinchilik shuki, bu janoblar har doim ham qoidabuzardan pul olisholmaydi. Garchi buni xohlashsa ham.

Chunki yo‘l harakati qoidasini buzgan azamat ko‘pincha falonchi rahbarning o‘g‘li, jiyani, qizi, falon soha vazirining farzandi, katta xolasi, tutingan amakisi... xullas, yaqinroq bir qarindoshi bo‘lib chiqadi. Orqasida turgan valine'matiga ishonib u bemalol taralabedod qilib yuradi, xohlasa, odam bosib ketadi, xohlasa, kuppa-kunduz kuni shaharning qoq markazida avtopoyga uyushtiradi... Bundaylar bilan yo‘l harakati xavfsizligi xodimi har qancha tortishmasin, hech narsaga erisholmaydi: na ularni jarimaga torta oladi, na norasmiy tarzda o‘z haqqini undira oladi. Turgan-bitgani ortiqcha dahmaza bular.

Darvoqe, O'zbekistonda alohida ramziy belgiga ega bo‘lgan nomerli avtomashinalar ham borki, ularni yo‘l harakati xavfsizligi xodimi to‘xtatishi mutlaqo mumkin emas. Yozilmagan qoida shunaqa. Agar militsiya xodimi yoshlik yoki tajribasizlik qilib, ularga tayog‘ini ko‘tarib qolsa bormi, tamom, o‘zi birorta kichikroq yulduzcha ham yo‘q pogonidan ayriladi, ishdan ketadi. Deylik, UZ belgili mashinalar hukumat idoralari, vazirlik amaldorlariga berilgan. Ko‘zga cho‘g‘day ko‘rinadagan PA raqamli mashinalar esa kimsan Prezident devoni amaldorlariga qarashli.

Qop-qora fondagi MX belgili mashinalarda esa milliy xavfsizlik xizmati vakillari yurishadi. O'zbek yo‘l militsioneri garchi xalqaro diplomatiya talablariga qarshi bo‘lsa-da, CMD belgili mashinani to‘xtatishi mumkin (ushbu nomerli mashinalarda xorij mamlakatlari elchilari yuradi), lekin yuqoridagi maxsus belgili mashinalarni to‘xtatish qayda, ularga nazar solishga ham jur'at etmaydi. Agar falokat bosib, alohida raqamli mashina haydovchisi jiddiy qoidabuzarlik sobir etsa - avariya qilsa, kimnidar urib yuborsa ham, ahamiyati yo‘q, baribir ikkinchi tomon aybdor bo‘lib turaveradi.

Yaqindan boshlab esa O'zbekistonda avtomashinalar uchun yangi turdagi nomerlar berilishi boshlanadiki, bu ham alohida e'tiborga moliq hodisa. Bu borada mamlakat Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori ham chiqdi. Bosh vazir Sh. Mirziyoev imzolagan hujjatga ko‘ra, yangi nomerlar joriy etishdan murod milliy nomerlarni xalqaro talab va standartlarga moslashtirish ekan. Ha, milliy nomerlarni xalqaro standartlarga moslashtirmasa bo‘lmaydi. Bo‘lmasa, o‘zbek amaldorlari UZ , RA va hokazo nomerli mashinalarda qo‘shni davlatlarga chiqishsa ham, o‘sha yerning militsiyasi to‘xtatib boshni qotiryapti: ular ushbu nomerli mashinalar katta rahbarlarga qarashli ekanini bilishmayapti-da.

Mamlakat ichki ishlar vazirligi yangi namunadagi davlat nomerini tayyorlab bo‘ldi hisobi. Hukumat qaroriga ko‘ra, yangi nomer berish 2007 yil va 2008 yilning birinchi choragida davom etishi kerak. Dastlab mazkur jarayon yaxshilikcha olib boriladi: avtomashina egalarining arizasi bilan ixtiyoriy tartibda nomer beriladi. 2008 yildan boshlab esa xohlaydimi, yo‘qmi, hammaga majburiy ravishda maxsus raqamlar ajratiladi.

Tartib bo‘yicha har viloyat uchun alohida kodlar berilgan, ular orqali mashina qaysi hududdan ro‘yxatdan o‘tganini bilish olish mumkin. Deylik, 01-09 kodlari Toshkent shahri, 40-49 Farg‘ona, 80-84 Buxoro, 90-94 esa Xorazm viloyatlarini anglatadi

Tuppa-tuzuk ishlab turgan nomerlarning bekor qilinib, o‘rniga yangisi joriy etilayotgani, ortiqcha sarf-xarajat sababi nimada ekan, deb boshingiz qotayotgani bo‘lishi mumkin...

Gap shundaki, yangi namunadagi nomerlarda davlat idoralari, jismoniy va yuridik shaxslar, xalqaro tashkilot va elchixonalarga qarashli mashina nomerlari alohida ajratib qo‘yilgan.

Hozirda amalda bo‘lgan nomerlarga e'tibor bersangiz, yuridik tashkilotlarning hammasiga bir xil tartibda, ya'ni uchta raqam va ikkita ramziy belgili nomer berilgan. Agar harflardan biror narsani bilib olish mumkin bo‘lmasa, oddiy firma ham, katta vazirlik mashinasi ham bir xil ko‘rinishda raqamlangan - ajratish qiyin.

Yangi namunadagi nomerlarda esa yuridik tashkilotlarga alohida, davlatning yuqori idoralariga alohida raqam berilgan. Endilikda mamlakat ichida ham, tashqarisida ham oddiy tashkilot bilan yuqori idorani chalkashtirib yuborilmaydi. Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari ham bundan buyon vaqti va ishi tig‘iz rahbarlarimizni to‘xtatib ortiqcha ularga xalaqit berishmaydi.

Katta bayroq tushirilgan ramzi ushbu ko‘rinishdagi nomerni ko‘rdingizmi, bilingki, u davlat idorasi, vazirlik mashinasi, ularni to‘xtatib o‘tirish yaxshi emas. Bundan tashqari, chet el fuqarolari, xorijiy tashkilot va diplomatik vakolatxonalarga ham alohida shaklda nomer berilishi ko‘zda tutilgan (Xalqaro tashkilot, elchixonalardan ham ehtiyot bo‘lgan ma'qul-da. Bilib-bilmay ularni ham ortiqcha to‘xtataverish davlatlararo munosabatlarga salbiy ta'sir qilishi mumkin).

O'zbekistonda yana bir katta tadbir davom etyapti. Mamlakatdagi minglab avtomashinalarni qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yana qancha xarajat, yana qancha mehnat ketishi noma'lum. Lekin shunisi ham borki, ichki ishlar vazirligi yangi davlat nomeri bergani uchun har bir mashinadan to‘lov undiradi. Ana shu to‘lovlarning o‘zi bu kabi tadbirlarning bir nechtasini uyushtirish uchun kifoya qiladi. Axir, kun sayin boyib borayotgan O'zbekistonda avtomobildan ko‘pi bormi?..

Views: 1147 | Added by: himoyachi | Rating: 1.0/1 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Февраль 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
2526272829
Login form
Search
Site friends

Statistics