Четверг, 2024-05-02, 15.25
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Февраль » 21 » O‘zbekistonda bosh vazir nomi o‘zgardi
O‘zbekistonda bosh vazir nomi o‘zgardi
01.43
O‘zbekistonda bosh vazir nomi o‘zgardi

 NewsUz - Prezident Islom Karimov mamlakat bosh vaziri Shavkat Mirziyoevni lavozimidan ketkizdi. Uzmetronom internet nashri xabar berishicha, davlat rahbari bu haqdagi farmonga 21 fevral kuni imzo chekdi. Hukumat rahbarining bo‘shab qolgan kursini esa shu kungacha bosh vazir o‘rinbosari va moliya vaziri vazifasi bajarib kelgan Rustam Azimov egalladi.

Islom Karimovning xos odami sifatida e'tirof etiladigan Shavkat Mirziyoevning bosh vazirlikdan ketishi to‘g‘risidagi gap-so‘zlar o‘tgan yilgi prezident saylovidan oldinroq paydo bo‘lgandi. Lekin saylov arafasida bosh vazirning lavozimdan ketishi mamlakatda umumiy siyosiy holat va xalq kayfiyatiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin edi. Shu bois ham, Samarqand, Jizzax viloyatlaridagi rahbarlik paytida shafqatsizligi bilan nom chiqargan arbobning ketishi saylovdan keyin, mamlakat rahbari go‘yoki yangi siyosiy kursni e'lon qilgan paytda amalga oshirildi.

Albatta, Shavkat Mirziyoev kabi mamlakat rahbariga sadoqat bilan xizmat qilgan arbobning ko‘chada qolishini tasavvur etish qiyin. Manbalarga ko‘ra, u Farg‘ona viloyati hokimi etib tayinlanadi. Bu to‘g‘ridagi qaror xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashining bugun o‘tadigan yig‘inida qabul qilinishi kutilyapti. Darvoqe, ushbu yig‘inda davlat rahbari Islom Karimov ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoev to‘rt yillik bosh vazirlik paytida jamoatchilik nazaridan chetda bo‘lishga urindi. Mamlakat katta siyosatida u qadar ta'sirga ega bo‘lmagan arbob shunchaki ijrochi, texnik bosh vazir vazifasini bajardi.

Shavkat Mirziyoev 1957 yilda tug‘ilgan. Toshkent irrigatsiya institutini tamomlagan. Uzoq yillar mazkur institutning partiya tashkilotida ishladi, prorektor vazifasida xizmat qildi. Institut prorektorligidan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligiga ko‘tarildi. Shu tariqa u mansab pillapoyalaridan yuqorilay boshladi. 1996 yildan 2001 yilgacha Jizzax viloyati hokimi, 2001 yil 11 sentyabrdan 2003 yil 11 dekabrigacha Samarqand viloyati hokimi vazifasi bajardi. 2003 yilning  11 dekabrida esa O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga tayinlandi.

- Shavkat Mirziyoevning lavozimdan ketishi amalda davlat siyosatiga u qadar katta ta'sir ko‘rsatmaydi, - deydi mahalliy tahlilchi Botir Azimov. - Nega deganda, O‘zbekiston kabi prezidentlik boshqaruviga tayangan davlatda bosh vazir ko‘p narsani hal etmaydi.  Lekin qishloq xo‘jaligi sohasi vakili bo‘lgan Mirziyoevning o‘rniga amaldagi moliya vazirining tayinlanishidan mamlakat iqtisodida bundan buyon sanoat va ishlab chiqarishning o‘rni oshishini taxmin qilish mumkin


Views: 1142 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Февраль 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
2526272829
Login form
Search
Site friends

Statistics