Четверг, 2024-05-02, 21.25
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Февраль » 21 » Buyuk rus shovinizmi kuchga to'lib bormoqda
Buyuk rus shovinizmi kuchga to'lib bormoqda
01.53
Buyuk rus shovinizmi kuchga to'lib bormoqda




Rossiya musulmonlarining taniqli peshvolaridan biri Geydar Jamol yaqinda Ozarbayjon matbuotiga bergan intervyusida, siyosiy kuchlar ko’ra-bila turib, irqchilikka yo’l qo’ymoqda degan.

Geydar Jamol fikricha, Rossiya arzon ishchi kuchidan manfaatdor, irqchilik sabablarini mehnat bozoridagi raqobatdan emas, balki siyosiy doiralardan izlash kerak.

2007 yilda Moskva shahrining o`zida 26 nafar o`zbekistonlik shovinistlar tomonidan o`ldirilgan. Rossiyada bu raqam qanchaligi ma`lum emas.

O`zbekistonda xorijdagi mehnat muhojirlari taqdiri va huquqlarini himoya qiluvchi davlat idorasi ham, nodavlat tashkiloti ham yo`q.

Rossiya-O’zbekiston aloqalari ittifoqchilik ruhida kechmoqda. Biroq o`zbek muhojirlari taqdiri borasida biror qaror yoki hujjat qabul qilingani yo’q.

Tahlilchilar nazarida Rossiyada avtoritar tuzum va millatchilik birga ildiz otmoqda.

“Rossiya hukumati ularga qarshi kurashish o`rniga ma`lum ma`noda befarq qarab turibdi. Tegishli jazo bo`lmagandan keyin muhojirlarga nisbatan hujumlar ko`paymoqda. Avtoritar tuzum o`zi rus millatini ulug`lash, Rossiyani oldingi imperiya darajasiga ko`tarish uchun xizmat qilmoqda. Bunga esa millatchilik orqali erishilmoqchi, Rossiyadagi avtoritar tuzum va boshqa millatlarga munosabat bir-biri bilan chambarchas bog`liq”, -  deydi sharhlovchi Toshpo`lat Yo`ldoshev.

Rossiyadagi o`zbeklar taxminan 2-3 million kishini tashkil etadi. Aksariyati hujjatsiz.

“Har bir oiladan besh kishigacha chetga ish izlab chiqib ketgan, asosan Rossiyaga, keyin Qozog`istonga. Bu hali o`rganilmagan mavzu, lekin yaqin kelajakda muhojirlaning muvaffaqiyatlilari siyosatga aralasha boshlashi mumkin”, - deydi  huquq himoyachisi Suhrob Ismoilov.

O`zbekistonda iqtisodiy ahvol va ishsizlik natijasida xorijga ish izlab ketish holatlari ko’paygan. Mehnat muhojirlari O`zbekistondagi oilalarini boquvchi asosiy manbaga aylangan.

Views: 1043 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Февраль 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
2526272829
Login form
Search
Site friends

Statistics