Пятница, 2024-05-03, 03.08
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Февраль » 27 » 15 yoshli Gulchehra noqonuniy trafika qurboni bo‘ldi
15 yoshli Gulchehra noqonuniy trafika qurboni bo‘ldi
23.52
15 yoshli Gulchehra noqonuniy trafika qurboni bo‘ldi
NewsUz
. Qoraqalpog‘iston respublikasining To‘rtko‘l shahrida yashaydigan 15 yoshli Gulchehra noqonuniy trafika qurboni bo‘ldi. Yaqinlaridan yashirincha, aldov yo‘li bilan Qozog‘istonga olib ketilgan qizaloq odam qiyofasidagi maxluqlar tomonidan zo‘rlangan. O‘zbekiston fuqarolarining tahqirlanishi bilan bog‘liq bu kabi holat birinchi marta uchrayotgan yo‘q.

"Istiqbolli avlod" nodavlat tashkilotidan ma'lum qilishlariga qaraganda, 2007 yilning mayida Gulchehra To‘rtko‘lga bozoriga kundalik buyumlar xarid qilish uchun keladi. Bozordagi qimmatbaho buyumlar va taqinchoqlar onasi va o‘gay otasi bilan istiqomat qiladigan qizni o‘ziga rom etadi. Shu payt uning oldiga o‘rta yoshlardagi Muhabbat ismli ayol yaqinlashadi. Suhbat asnosida u hali aqlini tanimagan qizga Qozog‘istonda yashayotgan singlisining kafesi borligi, u yerga ofitsiantka kerakligini aytadi. Gap orasida oylik maosh 300 dollar ekanini ham qistirib o‘tadi. Onasiga tirikchilik tashvishlarida yordam berishni orzu qilib yurgan Gulchehraga taklif ma'qul keladi. Onasidan ruxsat so‘rashi, agar rozi bo‘lsa, borishi mumkinligini aytadi. Asli qo‘shmachi ayol bo‘lgan Muhabbat uni avrashga tushadi. Shu tariqa Gulchehra onasidan ruxsat so‘raydigan va ikki kundan keyin shu bozor hududida u bilan uchrashishga rozilik beradi.

Ikki kundan keyin bozorda qo‘shmachi bilan uchrashgan qiz Qozog‘istonga bormasligi, onasidan ruxsat olishga ham yuragi dov bermaganini aytadi. Lekin pixini yorgan ayyor qo‘shmachi ayol uni aldab, qo‘rqitib, avtobusga chiqaradi va Qozog‘istonga olib ketadi. U bilan birga 18-20 yoshdagi uch nafar qiz ham qo‘shni davlatga boradi.

Qozog‘istonning Ostona shahrida Gulchehrani kafedagi ish emas, dahshatli xorlik va zo‘ravonlik kutayotgan edi. Uni turli erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlashadi. Bir oylik qiynoqlardan keyin qiz kvartiradan qochib ketdi. Shaharning turli joylarida adashib-uloqib yurgan Gulchehra yaxshi insonlarning ko‘magi bilan 2007 yilning noyabrida Nukusga kelishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekistondan xorijga borib, o‘z ixtiyori bilan tanasi sotib pul topayotganlar ham uchrab turadi. Shu bilan birga Gulchehra kabi hali aqlini tanimagan, himoyasiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘plab yoshlar ham zo‘ravonlik va qiynoqlar qurboni bo‘lmoqdalar
Views: 1874 | Added by: himoyachi | Rating: 1.0/1 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Февраль 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
2526272829
Login form
Search
Site friends

Statistics