Пятница, 2024-05-03, 04.13
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Февраль » 27 » 240 ming O‘zbekiston fuqarosi ma'muriy javobgarlikka tortildi
240 ming O‘zbekiston fuqarosi ma'muriy javobgarlikka tortildi
00.23
Rossiya Federatsiyasida 240 ming O‘zbekiston fuqarosi ma'muriy javobgarlikka tortildi

NewsUz.
O‘tgan yilning o‘zida Rossiya Federatsiyasida 240 ming nafar O‘zbekiston fuqarosini viza-pasport qoidasini buzgani uchun ma'muriy javobgarlikka tortildi. Bu raqamni O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi Xorijga chiqish-kelish va fuqarolik boshqarmasi rahbari o‘rinbosari, polkovnik Mirjalol Karimov keltirdi. U o‘zbek muhojirlari o‘ta og‘ir sharoitlarga tushib qolayotganlarini ham e'tirof etdi.

Ichki ishlar vazirligi amaldorining Press-uz.info agentligiga ma'lum qilishicha, O‘zbekistonda migratsiya munosabatlari tartib soluvchi qonun loyihasi tayyorlandi. Qonunchilik faoliyatida o‘ziga xos yangilik bo‘lgan qonun loyihasi davlatlararo muhokamada. Hozirga qadar muhojirlarga doir maxsus qonun zarurat xususida ko‘p gapirilishiga qaramay, qonunchilik idorasi mazkur talablarni e'tiborsiz qoldirib kelayotgan edi.

Vazirlikning yuqori lavozimdagi vakiliga ko‘ra, ayni paytda ichki ishlar idoralari noqonuniy migratsiyani kamaytirish uchun kurash olib boryapti. Buning uchun esa noqonuniy migrantlarga ma'muriy va jinoiy javobgarlikni oshirish ham rejalashtirilmoqda.

M. Karimovning ma'lum qilishicha, Ichki ishlar vazirligi xorijga chiquvchilarni ogohlantirish uchun turli adabiyot va risolalar tayyorlayapti. Migratsiya jarayonlari, milliy xavfsizlik xizmati, mahalliy hokimiyat idoralari, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi bilan birga olib borilyapti.

IIVning vakili olib borilayotgan ishlar ijobiy samara berayotgani ta'kidlagan. Uning aytishicha, 2007 yilda Rossiyada yurgan o‘zbek muhojirlarining ko‘pchilik qismi legalizatsiya qilindi.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, Rossiyada mehnat qilayotgan o‘zbek muhojirlarining ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Fuqarolarnig davlat tomonidan muhofaza etilmayotgani tufayli muhojirlar orasida o‘lim holatlari ham ko‘p uchramoqda.

Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida O‘zbekistondan borgan muhojirlar soni 5-6 millionni tashkil etadi. Rasmiy idoralar esa rus tuprog‘idagi o‘zbek muhojirlari sonini ikki million deb ko‘rsatishadi.

Rossiyadagi muhojirlar orasida miqdor bo‘yicha o‘zbeklar birinchi o‘rinda turadi (17,5 foiz), ikkinchi o‘rinda esa xitoyliklar (15,5 foiz). Bu haqja Rossiya Federal muhojirlik xizmati direktori Konstantin Romadanovskiy xabar bergan
Views: 1398 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Февраль 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
2526272829
Login form
Search
Site friends

Statistics