Четверг, 2024-05-02, 16.28
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Февраль » 27 » Jamshid Matlyubovning xotini yoki o‘g‘li o‘ldirmagan bo‘lishi mumkin
Jamshid Matlyubovning xotini yoki o‘g‘li o‘ldirmagan bo‘lishi mumkin
00.26
Dilnura Qodirjonovani Jamshid Matlyubovning xotini yoki o‘g‘li o‘ldirmagan bo‘lishi mumkin

NewsUz.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilnura Qodirjonova 2007 yilning 13 sentyabrida sirli tarzda vafot etgandi. Shundan keyin san'atkorning o‘limi to‘g‘risida turli ovozalar tarqaldi. Yaqinda marhumning ota-onasi O‘zbekiston mustaqil inson huquqi himoyachilari tashabbus guruhiga ariza bilan murojaat qildi. Shikoyat orqali juda ko‘p ochiq qolayotgan savollarga javob olish mumkin.

Asli Andijon viloyati Izboskan tumanidan bo‘lgan Dilnura Qodirjonova yoshligidanoq musiqaga qiziqdi. Ana shu qiziqish uni san'at olamiga yetaklab keldi. Biroq u paytlarda hali u san'atdagi mashhurlik uning boshiga kulfatlar keltirishi, oxir-oqibat o‘limiga ham sabab bo‘lishini bilmas edi.

Mumtoz qo‘shiqlar ijrochisi sifatida sahnaga chiqqan Dilnura juda tez muddatda o‘z muxlislariga ega bo‘ldi, bir qator tanlovlarda g‘olib bo‘ldi. Jumladan, "Nihol", "Sharq bulbuli" mukofotlarini oldi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga munosib ko‘rildi.

San'atda omadi chopgan ayol oilaviy hayotda ko‘p qiyinchiliklarga uchradi. Dilnura Qodirjonova 1993 yili andijonlik M. Mirzaqulovga turmushga chiqdi. Ushbu nikohdan u ikki farzand ko‘rdi. Biroq kelishmovchilik tufayli 1998 yili u turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi va Toshkentga ko‘chib keldi. 2003 yili "Sharq taronalari" tanlovi g‘olibligi evaziga berilgan 7000 dollar pulga poytaxtdan uy sotib oldi.

2004 yili Samarqandda u militsiya xodimi Jamshid Matlyubov bilan tanishdi. Ko‘p o‘tmay ular fuqarolik nikohidan o‘tib birga yashay boshlashdi, oradan bir yil o‘tib ular o‘g‘il farzandli (Saidmatlyubxon) bo‘lishdi.

2005 yilning 5 yanvarida Jamshid Matlyubovning akasi, general leytenant Bahodir Matlyubov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Katta lavozimni egallagan aka ukasi Jamshidni Toshkent shahri Yakkasaroy tumani ichki ishlar boshqarmasi rahbarligiga olib keldi.

Militsiya polkovnigi Jamshid Matlyubov Dilnuradan avval uylangan edi. Birinchi nikohidan (Ra'no Matlyubova) ikki farzand ko‘rgan.
Marhuma san'atkorning ota-onasi yozishiga qaraganda, 2007 yilning 12 sentyabrida kechki soat 21 da Dilnura Qodirjonovaning kvartirasiga J. Matlyubovning jiyani Madina keladi va yarim soatdan keyin ketadi. Soat 22 da esa Dilnuraning oldiga Roza ismli musiqachi dugonasi keladi. Dugonasi u bilan 22:40 larga qadar bo‘ladi. Soat 23:10 da esa Jamshid Matlyubov Rozaga Dilnura o‘zini osgani haqida xabar beradi.
Shikoyatda yozilishicha, o‘sha mash'um tunda soat 22 larda Dilnuraning uyi yaqinida J. Matlyubovning birinchi xotini Ra'no turganini ko‘rishgan. Qo‘shnilarning aytishicha, Dilnura bilan Ra'no o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi bo‘lmagan. U Jamshid Matlyubovdan farzand ko‘rganida ham Ra'no va uning o‘g‘li Xurshid bostirib kelishgan va Dilnurani qattiq kaltaklashgan.
Dilnuraning vafotidan keyin uning ota-onasi tibbiy ekspertiza o‘tkazishni talab qilishdi. Nihoyat 2007 yilning 13 dekabrida eksgumatsiya o‘tkazildi. Ma'lum bo‘lishicha, bundan avvalroq jasad maxfiy ravishda eksgumatsiya qilingan va uning ichki a'zolari qirqib olingan ekan. Marhumaning ota-onasi fikricha, maxfiy ekspertiza Dilnuraning o‘limi sababini yashirish maqsadida o‘tkazilgan.
Dilnuraning ota-onasi qizlarining o‘limi bo‘yicha jinoiy ish ochishni so‘rab huquq idoralariga murojaat qildi. Biroq biror bir idora ularning so‘rovini qabul qilmadi. Marhumaning yaqinlari fikricha, sobiq kuyov o‘limning asl sababi ochilib qolmasligi uchun o‘zining va akasining yuqori mansabidan foydalanib, ishni yopdi-yopdi qilishga urinmoqda.

Ayni paytda Dilnur Qodirjonovni kim o‘ldirdi, mazkur holat nima uchun organ tomonidan o‘rganilmadi, san'atkorning o‘limidan kim manfaatdor edi, marhumaning jasadi nega maxfiy ravishda eksgumatsiya qilindi kabi savollar ochiq qolmoqda.

Marhumaning yaqinlari esa farzandlari o‘zini o‘zi o‘ldirmagani, buni Jamshid Matlyubovning xotini yoki o‘g‘li qilgan bo‘lishi mumkin degan taxmindalar
Views: 3284 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Февраль 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
2526272829
Login form
Search
Site friends

Statistics