Пятница, 2024-05-03, 00.38
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Март » 2 » Adliya vazirligi Internet orqali to‘lovga ruxsat berdi
Adliya vazirligi Internet orqali to‘lovga ruxsat berdi
11.23
Adliya vazirligi Internet orqali to‘lovga ruxsat berdi

 NewsUz  O‘zbekiston adliya vazirligi umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari, xususan, Internet orqali to‘lovni amalga oshirish qoidalarini tasdiqladi. Ushbu qoidalar mamlakatda elektron hisob-kitoblarni kengaytirishga imkor berishi mumkin. Mazkur qoidalar Aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy havfsizlik xizmati bilan kelishilgan holda qabul qilindi.

Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan nizom «Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini qo'llagan holda to'lov tizimini tashkil qilish qoidalari» deb nomlanadi.

O‘zbekistonda elektron to‘lovlar to‘g‘risidagi bir qancha qonun hujjatlari qabul qilingan. Jumladan, mamlakat parlamenti tasdig‘i bilan "Elektron to'lovlar to'g'risida", "Elektron hujjat aylanishi to'g'risida"gi qonunlari kuch kirgan. 2007 yilning 12 iyunida esa hukumat tomonidan "Elektron tijoratni amalga oshirishda to'lovlarni o'tkazishni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi qarori ishlab chiqilgan. Mamlakatda bu borada hujjatlar mavjud bo‘lsa-da, asl voqelikda elektron to‘lovning kam tarqalganini ko‘rish mumkin. Buni bir tomondan, mamlakat moliya muassasalarida byurokratiya tizimining keng tarqalgani, ikkinchi tomondan, banklarga huquq idoralarining ta'sir kuchli ekani bilan izohlash mumkin. Mamlakatda qonunlardan ko‘ra qonunosti aktlariga jiddiyroq e'tibor qaratilishi ma'lum. Shu ma'noda elektron to‘lov borasida yaxlit qonun bo‘lsa-da, bu boradagi amaliyotni tartibga soluvchi nizom yoki qoidalarning ishlab chiqilmagani mazkur munosabatning rivojlanishiga to‘siq bo‘lgani ehtimoldan uzoq emas. Endilikda Markaziy bank qo‘llovi bilan alohida qoida tayyorlangani elektron to‘lovning oz bo‘lsa-da, kengayishi sabab bo‘lishi mumkin.

Mazkur qoidalar vositasida elektron to'lov tizimini tashkil qilish bo'yicha asosiy tartiblar, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari, jumladan Internet orqali axborot tizimlariga kirishda axborot xavfsizligini ta'minlash mexanizmlari, shuningdek, to'lov tizimi sub'ektlari o'rtasida moliyaviy ma'lumotlarni o'zaro ayirboshlashda rekvizitlar, ya'ni taqdim etilishi kerak bo‘lgan hujjatlar tarkibi belgilangan.

Mutaxassislar ushbu hujjat mamlakatda elektron tijorat tizimini rivojlanishi, elektron raqamli imzodan foydalanuvchilar safini kengaytirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llagan holga hizmat ko'rsatishni rivojlantirishga hizmat qilishi mumkinligini aytmoqdalar.

Mamlakatdagi iqtisodiy sohani tahlil qilgan xalqaro tashkilotlar bank-moliya muassasalari faoliyatiga huquq-tartibot idoralarining aralashuvi kuchli ekani, shu bois ham aholining ularga ishonchi sust ekaniga e'tibor qaratadilar. Shu bilan birga elektron to‘lovning keng yoyilishiga aholining aksariyat qismida telekommunikatsiya vositalaridan to‘la foydalana olmasligi ham to‘siq bo‘lmoqda, deydi mutaxassislar.

Views: 1079 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Март 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Login form
Search
Site friends

Statistics