Пятница, 2024-05-03, 02.46
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Март » 2 » Jahon bankidan 300 million dollarlik saxova
Jahon bankidan 300 million dollarlik saxova
11.25
Jahon bankidan 300 million dollarlik saxova
  NewsUz. Jahon banki O'zbekistonda amalga oshirayotgan loyihalarini kengaytirishni ko‘zlamoqda. Vesti.uz saytining xabar berishicha, 2008-2010 yillarda xalqaro tashkilot O'zbekistonga 300 million dollar kredit berishi mumkin. Tahlilchilar bu holatni bankning O'zbekistonga munosabati ijobiy tomonga o‘zgarayotgani bilan izohlamoqdalar.

Jahon bankining Toshkentdagi vakolatxonasi xodimi ma'lum qilishicha, ayni paytda O'zbekistonga moliyaviy ko‘mak strategiyasini ishlab chiqarish nihoyasiga yetib qoldi. Bunga ko‘ra, uch yillik muddat davomida mamlakatga melioratsiya, atrof muhit muhofazasi, kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini yaxshilash, ijtimoiy himoya sohalariga uchun yiliga 90-100 million dollar kredit ajratilishi rejalashtirilgan.

Kredit imtiyozli tartib qirq yil muddatga beriladi. Mazkkur muddatning dastlabki o‘n yilida  0,75 foiz yillik ustama to‘lovlari berilishi kerak. Bu boradagi so‘nggi qaror Jahon banki direktorlar kengashi tomonidan may oyining oxirida, iyun boshlarida chiqariladi.

Bundan ikki yil oldin O'zbekiston hukumati tomonidan qashshoqlikka qarshi kurash va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha davlat dasturi ishlab chiqilgan edi. Jahon bankining uch yillik strategiya loyihasi ham ana shu dasturdan kelib chiqib tayyorlanmoqda.

Andijon voqealaridan keyin Jahon banki ham O'zbekiston rasmiylari bilan aloqalarni to‘xtatgan edi. Keyinroq  2006 yilning martida bank O'zbekistonga 2006-2009 yillarga mo‘ljallangan strategik hamkorlik rejasi bo‘yicha yangi kreditlar berishni ma'lum qildi.

Jahon banki O‘zbekistondagi o‘n besh yillik faoliyati davomida 650 mln. dollarlik sarmoya kiritdi.

Bankning mamlakatdagi dasturlari ijtimoiy infratuzilmani yaxshilashga ham yo‘naltirilgan. Ya'ni xalqaro moliya tashkiloti mablag‘lari asosida uy-joy qurilishi, kommunal tizim ham rivojlantiriladi. Bundan tashqari, Jahon banki loyihalari ta'lim tizimiga ko‘mak berish, sog‘liqni saqlash sohasini taraqqiy ettirish kabi maqsadlarga ham qaratilgan.

O‘zbekiston uchun qashshoqlik og‘riqli muammo sanaladi. Biroq uni hal etish borasida xalqaro tashkilotlar yordamisiz ijobiy natijalarga erishish anchayin og‘ir kechadi.  Bu borada Jahon banki bir qator uzoq muddatli loyihalarga ega.
Views: 1078 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Март 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Login form
Search
Site friends

Statistics