Среда, 2024-05-15, 18.08
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Март » 2 » TV Co-op: telekanallar uchun imkoniyat
TV Co-op: telekanallar uchun imkoniyat
11.29

 TV Co-op: telekanallar uchun imkoniyat

NewsUz.Com. AQShning O'zbekistondagi elchixonasi mamlakat telestantsiyalari uchun Hamkorlikdagi televizion dastur (TV Co-op) loyihasini taqdim etdi. Mazkur dastur telestantsiyalarga o‘z rejisser va operatorlarini AQShga ikki hafta davomida oldindan birgalikda kelishilgan mavzularda maxsus teleocherk va yangilik dasturlari tayyorlash uchun yuborish imkonini beradi.

Elchixona matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, TV Co-op dasturida O'zbekistondagi markaziy, hududiy va mustaqil telestantsiyalar ishtirok etishi mumkin.

Taqdim etilayotgan taklifda loyiha mavzusi va uni amalga oshirish rejasi, shuningdek, TV guruhi mavzu doirasida AQShda javob topmoqchi bo‘lgan savollar hamda materiallar uchun intervyu olinadigan matuxassislar haqida ma'lumot bo‘lishi kerak.

Shartga muvofiq, TV Co-op loyihasida ishtirok etish uchun telestudiya dastur davomida olingan axborotlarning kamida bittasini tayyorlash va praym-taymda ko‘rsatishni o‘z zimmasiga olishi kerak.

Tanlovda g‘olib chiqqan holda, TV Co-op loyihasi ishtirokchilariga AQShdagi sarf-harajatlar, jumladan, mamlakat ichida safar chiptalari, mehmonxona va ovqatlanish, vaqtinchalik tibbiy sug‘urta va boshqa kutilmagan ishlab chiqarish xarajatlari qoplanadi. Teleguruhlar esa o‘z ishtirokchilarini yaxshi ish holatida bo‘lgan jihozlar - professional telekamera, shtativ, yoritish va audio uskunalari hamda video kassetalar bilan ta'minlashi kerak. Shuningdek, ular AQShga safar qilish chiptasi uchun xarajatlarni qoplashlari kerak. Biroq ushbu xarajatlarni qoplashda moliyaviy ko‘mak berilishi ehimoli ham bor.

Ishtirok etish niyatidan bo‘lganlarga eslatma: co‘nggi yillarda tashkil etilgan TV Co-op loyihalarida xalqaro terrorizm, qonunchilik, qishloq xo‘jaligi, AQSh musulmonlari hayoti,  immigratsiya va chegara masalalari, yuridik tizim, atrof-muhit muhofazasi, narkotrafikka qarshi kurash, kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, Amerikada kundalik hayotga oid voqealar yoki telestantsiyalar praym-taymda namoyish etishga rozi bo‘lgan boshqa mavzular yoritilgandi.

AQSh elchixonasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, televizion dasturlar bo‘yicha  loyihalarni  topshirishning so‘nggi muddati 2008 yilnig 17 marti. Loyiha takliflari TashkentPressCenter@state.govBu e-mail spam-botlardan himoya qilingan. Uni ko'rish uchun JavaScript ochilgan bo'lishi lozim elektron manziliga yuboriladi
Views: 1015 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Март 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Login form
Search
Site friends

Statistics