Среда, 2024-05-15, 16.40
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Март » 2 » Militsiya ikkinchi “Andijon”ning oldini oldi
Militsiya ikkinchi “Andijon”ning oldini oldi
11.30
 NewsUz. 29 fevral kuni Andijon shahrining yuzga yaqin aholisi viloyat hokimiyati binosi oldida norozilik chiqishi uyushtirishga urindi. Viloyat ma'muriyati oldiga kelishga harakat qilgan aholi elektr ta'minoti uzluksiz bo‘lishini talab qildi. Biroq mavjud ijtimoiy vaziyatdan norozi aholi viloyat hokimiyatiga qadar yetib bormadi.

Ozodlik ovozi saytining xabar berishicha, voqea joyiga yetib kelgan viloyat militsiyasi namoyishchi aholiga to‘xtatgan. Hodisa shohidlarining ma'lum qilishicha, militsiya aholining talabiga quloq va osib o‘tirmagan va birdaniga ularga qarshi kuch ishlatishga o‘tgan.

Andijon aholisining noroziligi bejiz emas. Bu yilgi qish mamlakatning barcha hududlari qatori Andijon ahli uchun ham og‘ir keldi. Har yilgi gaz yetishmasligi muammosi ustiga bu yil elektr taqchilligi ham qo‘shildi. Odamlar odatda qishning qahratonida jon saqlash uchun elektrdan foydalanishar edi. Bu yil elektr ta'minotining qisqargani vaziyatni battar murakkablashtirdi. Amaldorlar-ku, bir amallab qishni o‘tkazishdi. Lekin tayoq baribir oddiy xalq boshida sindi. Avom boshini qay devorga urishni bilmay qoldi.

Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, bundan o‘n kuncha oldin ham Andijon shahridagi elektr stantsiyalardan birida portlash bo‘lgan, buning natijasida shaharning deyarli yarim aholisi ikki kun davomida elektrsiz qolgan edi.

Andijon aholisi elektr ta'minotidagi uzilishlardan norozi bo‘lib turgan bir paytda viloyat hokimiyati tashabbusi bilan 100 ga yaqin maxsus guruh tuzildi. Mahalliy hokimiyat va huquq idoralari vakillaridan iborat guruh uyma-uy yurib energiyadan noqonuniy foydalanayotganlarni qidirish bilan shug‘ullanmoqda. Guruhning dastlabki natijalari yomon emas. Hozirga qadar viloyat bo‘yicha tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 607, elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanish bo‘yicha  376 holat aniqlandi. Mahalliy aholi esa ahvol o‘zi shundoq ham og‘ir bo‘lib turgan, gaz va elektr yetishmayotgan bir paytda maxsus guruhlarning tashkil etilganini haqorat o‘rnida qabul qilmoqda.

Andijon 2005 yil maydagi voqealardan keyin butun dunyoga nom taratdi. 4,2 ming kv. km. hududli viloyatda O‘zbekiston aholisining ikki milliondan ortiqrog`i istiqomat qiladi. Aholining zichligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsakich qayd etilgan hududda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar ham nisbatan kuchli.

Views: 1058 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Март 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Login form
Search
Site friends

Statistics