Среда, 2024-05-15, 15.12
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Март » 5 » Rossiyada ishlayotgan o'zbekistonliklar vatan himoyasiga muhtoj
Rossiyada ishlayotgan o'zbekistonliklar vatan himoyasiga muhtoj
09.57
Rossiyada ishlayotgan o'zbekistonliklar vatan himoyasiga muhtoj



Rossiyada noqonuniy muhojirlar zo'ravonlikka uchramoqda
Rossiya hukumati migrant ishchilar tazyiqqa uchrayotganini biladi
Moskvada mehnat muhojirlarini ro`yxatga olishni erkinlashtirish haqida qabul qilingan qaror noqonuniy ishlayotgan minglab o`zbeklarda ham umid uyg`otgan. Biroq qaror amaliyoti murakkabligicha qolmoqda. 

O’zbekistonda ham mehnat muhojirlari bilan bo`gliq masala muhokama ostida. Sharhlovchilar fikricha minglab o`zbekistonliklarning chetda haq-huquqsiz qolayotgani tashvishga molik va Islom Karimov rahbariyati bu borada o’ylanishi zarur.

Bahor kelishi bilan Rossiyaga ishga jo’nayotganlar soni oshgani kuzatilmoqda.  

“Yaqinda bir tanishim, yigirma kun oldingi poyezd chiptalari sotib bo`lingani haqida aytdi. Un ketolmaysan deyishgan. 1916-yillarda Turkistondan yuz minglab kishilar Rossiyaga majburan mardikorchilikka olib ketilgan edi. Oradan yuz yil o`tib bu ajdodlarning avlodlari o`z ixtiyori bilan mardikorchilikka ketayapti”, - deydi fuqarolardan  biri.

Rossiyada millatchilik kayfiyati avj olmoqda
Rossiyada millatchilik kayfiyati avj olmoqda
Yaqinda Moskva shahar hokimyati mehnat muhojirlari ikki ming rubl to`lab hech qanday qarshiliksiz ro`yxatdan o`tishlari mumkin deya e’lon qilgan edi.

Huquq himoyachilarining aytishicha bu qaror ishga tushmasdanoq to`xtagan.

“Qaror chiqqach, muhojirlar oqib kela boshlagan. Keyin Rossiya federal migratsiya xizmati rahbari bu narsani inkor qildi. Oxir oqibat bu qaror mehnat muhojirlari uchun qo`yilgan tuzoq bo`lib chiqdi ”, - deydi “Ezgulik” inson huququlari jamiyati vakili Abdurahmon Tashanov.

So`nggi paytda rus millatchilari tomonidan markaziy osiyoliklarga bo`layotgan hujumlar va qotilliklar mintaqa davlatlari rasmiy doiralarda ham muhokama qilingan.

Xususan, Qirg`iziston parlamenti rus millatchiligi qurbonlari haqidagi masalani ko`rib chiqqan va bu borada Rossiya rasmiylariga o`z noroziligini bildirgan.

Prezident Vladimir Putin Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi yig’ilishida Rossiyada millatchilik kayfiyati avj olayotganini tan olgan.  

Sharhlovchilar shovinizm ruhi alanga olishida Rossiya siyosiy doiralarining hissasi katta deydi.  

Tahlilchi Akbar Aliyev fikricha esa mehnat muhojirlarining bugungi ahvoli uchun avvalo O`zbekiston hukumati aybdor.

“Muhojirlar Rossiyadagi eng o`gir ishlarni qilishga rozi. Ruslar oladigan maoshning 40 yoki 30 foizini oladi. Bu degani Rossiya iqtisodiyotini ma’lum ma`noda muhojirlar ko`tarmoqda. Bu Rossiya uchun katta foyda, biroq biz uchun yo`qotish. Iqtisodiy tomonigina emas, ma’naviy tomondan-chi! Ular xor-zor bo`lib yurishibdi. Shaxsan o`zimning opamni o`g`li Rossiyada yo`qolib ketdi. O`ldirib yuborishdimi, boshqa qilishdimi… Vatandoshlarimizni himoya qilishning asosiy yo`li shu yerda ishchi o`rinlarini yaratish. Buni esa hozirgi hukumat uddalay olmayapti”, - deydi Aliyev.

Yaqinda O`zbekiston hukumati aholi migratsiyasi haqida qonun loyihasi tayyorlagan.

Huquq himoyachilari nazarida bu ijobiy qadam. 

“Yo`qdan ko`ra bori yaxshi albatta. Biror kor-hol bo`lganda yoki shovinistlardan ziyon ko`rilganda bir yordami tegishi mumkin. Lekin muammoni bu narsa hal qilmaydi. Muammoga O`zbekistondagi ishsizlik, qashshoqlik va ijtimoiy [nochorlik] sabab bo’lmoqda”, - deydi Abdurahmon Tashanov

Views: 929 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Март 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Login form
Search
Site friends

Statistics