Среда, 2024-05-15, 07.36
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Март » 5 » Amnistiya tufayli erkinlik
Amnistiya tufayli erkinlik
10.05
Qamoqxonadan uyiga qo‘yib yuborilganiga ishonmayapti
NewsUz. O‘zbekistonda yana bir inson huquqlari faoliga amnistiya akti qo‘llandi. «Ezgulik» inson huquqlari jamiyatining Jizzax viloyati Zomin tumani bo‘limi rahbari Ulug‘bek Kattabekov senat tomonidan qabul qilingan avfi umumiy ko‘ra ozodlikka chiqarildi. Voice of Freedomning xabar berishicha, sobiq mahkum hali ham qamoqxonadan uyiga qo‘yib yuborilganiga ishonmayapti.

43 yoshli Ulug‘bek Kattabekov ham aksariyat inson huquqlari faollari va jurnalistlar kabi 2005 yili Andijon voqealaridan keyin hibsga olingandi. Boshqa to‘qima ayblovlar kabi unga ham firibgarlik jinoyati bo‘yicha ish ochildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiobod tumani sudi uni uch yarim yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qildi.

Ikki yilu olti oy umri panjara ortida o‘tgan Ulug‘bek Kattabekov ozodlikdan mahrum etish muassasasida unga yaxshi munosabatda bo‘lishgani ma'lum qilgan. Bundan buyon inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faoliyatini davom ettirishi borasida esa hali yakuniy to‘xtamga kelmaganini aytgan.

2007 yilning dekabrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingani kunning 15 yilligi munosabati bilan mamlakat Senati tomonidan e'lon qilingan amnistiya akti bu yil ilk marta inson huquqlari himoyachilari va jurnalistlarga ham qo‘llandi. Shu asosda Andijon voqealaridan keyin qamalgan bir qancha huquq himoyachisi ozodlikka chiqarildi. Tahlilchilar mazkur siyosiy o‘zgarishni AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan rasmiy Toshkent bilan olib borilgan muzokaralar natijasi deb baholamoqdalar.

U.Kattabekov joriy yilning yanvar-fevral oyi davomida amnistiyadan foydalangan oltinchi inson huquqlari faoli bo‘ldi
Views: 871 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Март 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Login form
Search
Site friends

Statistics