Четверг, 2024-05-16, 01.43
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Март » 5 » Tafakkur" jurnalining 2008 yil 1-sonida
Tafakkur" jurnalining 2008 yil 1-sonida
10.10

 "men toza edim" deb aytsa, unga ishonmaslik kerak"

NewsUz. "Bir muddat siyosatga aralashib, keyin chetga chiqqan odam "men toza edim" deb aytsa, unga ishonmaslik kerak". Bu 1990-yillar o‘rtalarida bir necha yil davomida O'zbekiston prezidentinig matbuot kotibi vazifasini bajargan yozuvchi Murod Muhammad Do‘stning iqrori. Bir zamonlar saroy ijodkori bo‘lgan adibning oshkora mulohazalari e'tibor tortadi. 

O'zbekiston ziyolilarining nashri bo‘lgan "Tafakkur" jurnalining 2008 yil 1-sonida yozuvchi Murod Muhammad Do‘st bilan suhbat chop etildi. Mazkur muloqot o‘zbek matbuotiga xos bo‘lmagan erkin ruhi bilan diqqatni jalb etadi. Quyida prezident Islom Karimovning xos ijodkorlaridan biri bo‘lgan adibning adabiyot va siyosat munosabatlari, jamiyatdagi ma'naviy tanazzul xususidagi ayrim fikrlarini o‘qishingiz mumkin.

 

Tarixda qoladigan mingdan, yo‘q, milyondan bitta bo‘ladi. Ijod kishisi o‘ziga eng yorug‘ narsalarni, deylik, chaqmoqni, yashinni, vulqonni taxallus qilib olishi, o‘nlab, hattoki yuzlab kitob yozishi mumkin, lekin xudoning nazari tushmasa - hammasi bekor. O'lasanu o‘chasan.

Xullas, gap adabiyotga kirishda emas, adabiyotda qolishda. Bunda vaqt va ma'rifatli o‘quvchidan o‘zga hech kim va hech narsa hakamlik qilolmaydi.

 * * *

Umumiy rag‘batlarga kelsak, hozir bu borada taqchillik seziladi. Eski zamonlarni qo‘msaydigan odamlar davlatning adabiyotga rag‘bati sustligidan, o‘zlarining iborasi bilan aytganda, "muayyan adabiy siyosat" yo‘qligidan noliydi. Lekin ming-ming yillik tarix davomida davlat haqiqiy adabiyotga rag‘bat ko‘rsatmagan, u adabiyotni faqat boshqarishga intilgan va tuzukkina boshqargan ham. Davlat yetaklagan adabiyotda maddohlikdan o‘zga barcha janrlar tanazzulga yuz tutadi.

* * *

Jamiyatning adabiyotga rag‘bati haqida gapirsak, ha, uning susaygani rost. Kitob o‘qimaslik bo‘yicha dunyoning peshqadam mamlakatlari - Amerikaga, Angliyaga va hokazo davlatlarga yetay deb qoldik. Albatta, buning ob'ektiv sabablari bor. Olimlar texnikaviy inqilob, axborot inqilobi va odamni san'atdan chalg‘itadigan yana ko‘plab narsalardan soatlab ma'ruza o‘qishi mumkin, ammo ma'ruza bilan ahvolni o‘zgartirish qiyin, dildagi hasrat ziyoda bo‘ladi, xolos.

* * *

Bilasiz, zamon keskin o‘zgardi, yo‘nalish va marralar o‘zgardi, tug‘laru shiorlarning rangi va aksar hollarda mazmuni ham o‘zgardi, "Ibrohimdan qolg‘on ul eski do‘kon"da qad rostlab turgan butlar sindirildi, yangi ma'budlar va yangi avliyolar xutbaga qo‘shildi. Tarixdan ma'lumki, jamiyat qurumi o‘zgargan chog‘da ko‘pincha maddohlar va yallachilarning kuni tug‘adi-yu, ozgina vijdoni bor yozuvchi va shoirlar dabdurustdan gangib qoladi. Yangi davr va yangi munosabatlarni idrok etish, tugal anglab olish uchun, umuman, eski zamon bilan vidolashuv uchun ancha vaqt kerak bo‘ladi.

* * *

Odamninima'naviy qiyofasini uning savod darajasi, ya'niki nechta kitob o‘qigani bilan belgila nojoizday tuyuladi. Albatta, adabiyotdan, san'atdan ommaviy savod qanchalik baland bo‘lsa, jamiyatning ma'naviy qiyofasi ham shunga yarasha bo‘ladi. Biroq hammamiz bilamizki, kitob o‘qimasdan yoki kino ko‘rmasdan ham yaxshi odam bo‘lish mumkin. Odatda sizu biz nazarga ilmaydigan, besavod deb hisoblaydigan, ammo dunyoni faylasufona idrok etishga qodir didli-farosatli podachi yoki mirob, duradgor yoki temirchilarni qayga qo‘yamiz?

Demak, dunyoda harfni harfga urib o‘qish, harfni harfga ulab yozishdan boshqa, minglab darslik va risolalarda bitilgan ma'lumotlardan o‘zga haqiqatlar ham ko‘p!

* * *

To‘g‘risini aytsam, nazarda tutilmish "zamon boyvachchalari" mening zavqimni keltiradi. Ular juda epchil, juda g‘ayratli.

Sizu biz mudrab mahalla to‘yxonasiga borib kelgunimizcha, ular Mag‘ribu Mashriqni ikki marta kezib chiqishi, milyon-milyon pul topishi mumkin. Ba'zilari yo‘l-yo‘lakay haj qilib olishga ham ulguradi (ham ziyorat, ham tijorat!). Albatta, tujjorning taqvosi o‘ta nisbiy gap. U orttirgan savoblar vaqti-vaqti bilan "kuyib" turadi. Lekin boyvachcha noumid bo‘lmaydi, masjidga katta bir gilam, imomga yuz do‘llar hadya qiladi, bu bilan ham ko‘ngli taskin topmasa, yangi haj mavsumidan yarim yil oldin (ya'niki - arzon narxda!) Jidda shahriga yana bitta chipta olib qo‘yadi.

* * *

Bugun turli arzonbaho ishqiy yoki detektiv sarguzashtlarning bozori chaqqon. Qo‘shiqqa o‘xshatib aytsa bo‘ladigan she'rnamo matohlarning ham ketishi yaxshi. Lekin, afsuski, shoirlar she'r yetkazib berolmayapti, shu sabab, yallachilarning o‘zi "she'r" ijod qilyapti. Didsiz, saviyasiz, "millati"ning tayini yo‘q "badiiy" filmlar (rahmatli Rauf Parfi "badiiy pul" deb ataydigan narsalar) ham ko‘payib ketgan. «Bozor san'ati» deganda, birinchi navbatda, ana shunaqa filmlar va bayram sahnalarida qarsillatib aytiladigan yangroq ashulalar esga tushadi. Kattayu kichik ekranlarni, chop etilayotgan kitoblar sahifasini arzonchi shoir va yozuvchilar, yoppasiga "xushovoz" yallachilar egalladi.

* * *

Shaharning qoq o‘rtasida, avtobekat peshtoqida kattakon shior osilib turibdi: «MILLIY ISTIQLOL - XALQIMIZNING ASRIY ORZUSI!» Mustaqil bo‘lganimizdan beri o‘tgan o‘n yetti yil bilan ishimiz yo‘q. Muhimi - «milliy» va «istiqlol» degan so‘zlar. Shuni yozsak, saltanat sarvarlariga yoqamiz deb o‘ylaymiz.

* * *

Zamon ahlining umumiy savod va bilim darajasi keng ko‘lamli islohotlar va aholining real daromadlariga mos ravishda tobora yuksalib borayotganini zarracha inkor etmasdan, ming-ming taassuf bilan aytamizki, bugung‘i ilg‘or jamiyatimiz xaridorbop brendlar (masalan, «O'zbegim» - muhtaram usto-zimiz Erkin Vohidovning mashhur she'ri tufayli dunyo ko‘rgan brend) ortidan ko‘r-ko‘rona quvib, goho me'yor tuyg‘usi, fahmu farosat va kamtarlikni unutib qo‘yayotganday tuyuladi.

* * *

Maktablarda, universitetlarda milliy mustaqillik g‘oyasidan saboq beramiz. Mantiqan qarasak, bu g‘oya - ne-ne yuraklarni yondirgan muqaddas orzu! - o‘n yetti yil burun amalga oshgan. Lekin negadir uning tarixga aylangisi yo‘q - minbardan minbarga ko‘chib yuribdi.

O', birodarlar, milliy mustaqillikka allaqachon erishib bo‘lganmiz. Endi uni tinch qo‘yaylik, endi farzandlarimizga navbatdagi buyuk va dolzarb g‘oya - milliy taraqqiyot g‘oyasidan, ma'naviy va iqtisodiy taraqqiyot mavzularidan odam tushunadigan tilda saboq beraylik, deb aytish fursati kel-madimi?!

* * *

Adabiyotning saviyasi eng yaxshi asarlarning badiiy qiymati bilan o‘lchanadi. Bugun saviya tugul, yangi asarning o‘zi yo‘q hisobi. Yaxshi she'rlar, yaxshi tadqiqotlar (tabiiyki, ko‘proq tarixiy mavzuda) chiqyapti. Yaxshi nasr esa o‘ta kamyob. Shu sabab, milliy adabiyotimiz o‘tgan asr oxirida erishgan g‘animat bir saviyada mahkam turibdi, deb aytgan ma'qulroq ko‘rinadi.

* * *

Yana o‘tgan asr oxiriga qaytishga to‘g‘ri kelyapti. "Dolzarb" mavzularda yozilgan, ya'niki tuzumga maddohlikdan iborat har qanday kitobning umri qisqa. Bunday asarlarning unutilishi uchun maqtalgan muayyan tuzum yakson bo‘lishi shart emas. O'tmish tuzumda, sotsializm sharoitida yozilgan go‘zal kitoblar ham
borki, bugun ularga mafkuraviy boykot e'lon qilish kaltabinlik bo‘ladi. Ochiqdan-ochiq, uyat-andishani unutib maddohlik qilgan yozuvchilarimizning fojiasi juda katta bo‘ldi.

* * *

Bugunga kelib eski zamon zayliga boqib yozgan yozuvchi va shoirlarning ko‘pchiligi dunyodan o‘tib ketdi va adabiyot maydonini yangi zamon shunqorlari egalladi.

* * *

Yozgan bo‘sh va sayoz narsalarimdan pushaymon qilgan paytlarim ko‘p bo‘lgan. Nedir qutqu ta'siriga berilib, ayrim yaxshi odamlar haqida badbinlik bilan o‘ylaganim yoki yozganimni eslab uyalaman. Jamiyat ravnaqi haqidagi orzularimizni real haqiqatga yo‘yib yurgan chog‘larimizni xotirlash ham xiyla azobli.

* * *

Kitob yaxshi bo‘lsa, uni o‘qiydigan odam topiladi. Adabiyotning aybi, balki, yangi va yaxshi kitoblarning kamligidadir. Bugungi kitobxonning ko‘nglida nima borligini men shaxsan yaxshi bilmayman.

 

Umuman, mavzu, qahramonga munosabat va tasvir usullarini muayyan bir qolip-andozaga solib bo‘lmaydi. Adabiyot turli liboslarga burkanishi mumkin, lekin mavzu - abadiy, ya'niki: oq - qora, yaxshi - yomon, boy - kambag‘al, adolat - zulm va hokazo. Hech narsa o‘zgarmagan va endi ham o‘zgarmaydi. Har bir tuzum mangu mavzular o‘ynalayotgan sahnaga yangicha dekoratsiyalar qurishi mumkin, xolos. Sahnada o‘ynayotgan (aniqrog‘i - yashayotgan) aktyorlar o‘zgarishi tabiiy, ammo syujet o‘sha-o‘sha eskiligicha qolaveradi.

* * *

Men bugun ham, bundan yigirma-o‘ttiz yil oldindagiday - siyosiy va mafkuraviy qoliplarga moslashmasdan rost gapni yozish tarafdoriman.

* * *

Mas'ul lavozimlarda xizmat qilgan chog‘imda yozuvchilikdan ancha uzoqlashdim, to‘g‘ri, lekin adabiyotdan uzilganim yo‘q. Ul dargoh kutubxonasida yangi kitoblar, yangi adabiy jurnallar juda ko‘p, binobarin, bor savodni yanada oshirish imkoniyati ham yetarli edi... Juda ko‘p voqealarni, juda ko‘p odamlarni ko‘rdimki, har biri bitta asarga qahramon bo‘lsa arziydi. Ayniqsa, mansabdor kishilar xarakterini, ularning turlanishu tovlanishlarini kuzatish maroqli edi.

* * *

Orttirgan hikmatim shuki, bir muddat siyosatga aralashib, keyin chetga chiqqan odam "men toza edim" deb aytsa, unga ishonmaslik kerak.

Yutqiziq - mansabga uchib boy berilgan o‘n besh-yigirma yillik yozuvchi umri.

Yutuq - boy berilgan umr davomida ko‘rgan-bilgan narsalarni endi yozilajak narsalarga o‘rish yoki arqoq qilib olish imkoni
Views: 1037 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Март 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Login form
Search
Site friends

Statistics