Среда, 2024-05-15, 12.38
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Март » 9 » Militsiyaning o`zi hujjat soxtalashtirdi
Militsiyaning o`zi hujjat soxtalashtirdi
16.51
Militsiyaning o`zi hujjat soxtalashtirdi
NewsUz. Sirdaryo viloyati sud idoralarida militsiyaning mansabdor shaxslaridan iborat jinoiy guruh ishi ko‘rib chiqildi. Poraxo‘rlik, bojxona qonunchiligini buzish va xizmat vazifasini suiiste'mol qilishda ayblangan organ xodimlari uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Mahkumlar viloyat yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasida ishlagan.

Press-uz.info saytining Sirdaryo viloyati sud idoralariga tayanib xabar berishicha, viloyati ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi registratsiya-imtihon bo‘limi rahbari Abdusaid Azimov faoliyati davomida pora evaziga soxta hujjatlar to‘g‘rilab bergan. U asosan xorijdan bojxona to‘lovisiz keltirilgan mashinalarni qonuniylashtish bilan shug‘ullangan. Masalan, 2006 yili A.Abduazimov chetdan olib kirilgan «Tiko» mashinasini G.Xudaybekova nomiga qalbaki hujjat bilan rasmiylashtirib berdi. Buning evaziga esa 500 dollar oldi.
Undan keyin mazkur vazifada ishlagan G‘ayrat O‘ralov ham ustozining ishini davom ettirdi. Sud tergoviga ko‘ra, 2006 sentyabrida 1200 dollar evaziga «Neksiya» avtomobiliga soxta guvohnoma yasab berdi. Sud idorasi zikr etilgan va yana bir nechta militsiya xodimi hamda oddiy fuqarolardan tashkil topgan jinoiy guruhni uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etigsh bilan jazoladi. Militsiya xodimlari mamlakat Jinoyat kodeksining 210- (poraxo‘rlik), 182- (bojxona qonunlarini buzish), 209- (xizmat vazifasini suiiste'mol qilish) moddalari bilan ayblandi.

Oxirgi paytlarda mamlakatda ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq ko‘plab jinoiy ishlar ko‘rib chiqilmoqda va militsiya idorasi vakillariga keskin jazolar tayinlanyapti. Ayrim mutaxassislar buni organ tizimida tozalash o‘tkazilayotgani bilan izohlamoqda. Boshqa guruh tahlilchilar esa onda-sonda yuz berayotgan hibslar organ tizimida tozalashdan darak bermasligi, bu shunchaki omma nigohi uchun, odamlarni ozroq osoyishta qilish uchun o‘tkazilayotgan tomosha degan fikrdalar.

Ma'lumotlarga qaraganda, mamlakat miqyosida ichki ishlar tizimida 110 mingdan oshiqroq xodim mehnat qiladi.

Views: 922 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Март 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Login form
Search
Site friends

Statistics