Четверг, 2024-05-16, 00.38
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Март » 9 » Strasburg qarori “bekor bo‘ldi”
Strasburg qarori “bekor bo‘ldi”
16.55
Strasburg qarori “bekor bo‘ldi”
NewsUz Diniy ekstremizmda ayblanib tergovga tortilgan Abdug‘ani Kamaliev Namangan viloyatining Uychi tumani sudi tomonidan 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi. A. Kamaliev Yevropa inson huquqlari sudi qarori va inson huquqlari tashkilotlari e'tiroziga qaramay,  Rossiya huquq idoralari tomonidan qo‘lga olinib, O'zbekistonga ekstraditsiya qilingan edi.

O'zbekiston huquq idoralari tomonidan konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish va noqonuniy diniy tashkilotlar tuzish kabi ayblar bo‘yicha qidiruvga berilgan A.Kamaliev O'zbekistonga ushlab berilgan edi. U 2007 yil dekabrda O'zbekistonga yuborilgandi. Deyarli bir yilga cho‘zilgan tergovdan keyin fevral oyida sud yakunlandi. Guvohlarga ko‘ra,  sud jaraënida A.Kamalievning qo‘yilgan ayblarni rad qilgan.

Xabarlarga ko‘ra, A.Kamalievning Rossiyada yashaëtgan rafiqasi Maymuna Kamalieva erining aybsizligini isbotlash uchun bir qator idoralarga murojaat qilgan. Asl ism-sharifi Abdug‘ani Tursunov bo‘lgan bu shaxs 1997 yilda Rossiyaga kelib, bu yerda Maymuna Kamalievga uylangan. 2000 yilda Abdug‘ani Kamaliev degan yangi familiya bilan Rossiya fuqaroligini olgan.

Strasburg shahrida joylashgan inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi A. Kamalievning O'zbekistonga berilishi xalqaro huquq me'yorlariga mos kelmasligi haqida qaror chiqargandi. Namangan viloyat sudi hukmi bilan ushbu qaror ham "bekor bo‘ldi"
Views: 875 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Март 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Login form
Search
Site friends

Statistics