Четверг, 2024-05-16, 00.28
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Март » 9 » Xizmatga yarasha izzat
Xizmatga yarasha izzat
17.17

 Xizmatga yarasha izzat

NewsUz Ko‘pdan beri vakant bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidentining matbuoti kotibi lavozimining egasi chiqdi. Mazkur vazifaga hozirga qadar Markaziy saylov komissiyasi matbuoti xizmati rahbari bo‘lib ishlab kelgan Beruniy Alimov tayinlandi. Ushbu tayinlov ko‘pdan beri kutilayotgan edi. Press-uz.info nashriga ko‘ra, mamlakat prezidenti Islom Karimov o‘z matbuot kotibini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyruqqa imzo chekkan.

2007 yilning dekabrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston prezidenti saylovi paytida Beruniy Alimov Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati rahbari vazifasida ishladi. O‘sha paytdayoq agar saylov kampaniyasini yaxshi o‘tkazib beradigan bo‘lsa, u birinchi rahbarning matbuot kotibi bo‘lishi taxmin qilingan edi. Beruniy Alimov unga bildirilgan ishonchni oqladi. Saylov kampaniyasini ko‘ngildagidek bo‘lmasa-da, jiddiy ishkallarsiz o‘tkazib berdi va xizmatiga yarasha izzat ko‘rdi.

Darvoqe, so‘nggi yillarda O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi bo‘lib ishlagan Alisher Azizxo‘jaev o‘tgan yili o‘z ish joyida xodimi bilan janjallashgani tufayli chetlatilgan va ilmiy faoliyatga (Toshkent davlat yuridik institutiga o‘qituvchilikka) yuborilgandi.

Mamlakatdagi yosh kadrlardan biri deb baholayotgan B.Alimov Toshkent davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet)ni tamomlagan. Ko‘p yillar tashqi ishlar vazirligining "Jahon" axborot agentligida xizmat qilgan.  Tokio va Londondagi o‘zbek elchixonalarida faoliyat yuritgan.

Ma'lumotlarga qaraganda, 35 yoshli yangi matbuoti kotibi bir qancha xorijiy tillarni biladi. Asosiysi, u siyosatni yaxshi tushunadi.

Endilikda mamlakatdagi yana bir nufuzli vazifa bosh vazirning matbuot kotibi lavozimi ham vakant bo‘lib turibdi. Mazkur lavozimni ikki yildan beri sidqidildan bajarib kelgan Sherzod Qudratxo‘jaev o‘tgan hafta ishdan chetlashtirildi. U ham ilm qilish uchun..
Views: 1018 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Март 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Login form
Search
Site friends

Statistics