Среда, 2024-05-15, 13.34
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Март » 16 » Moskva ostonasida fojia
Moskva ostonasida fojia
01.32

 Moskva ostonasida fojia

NewsUz - 14 martga o‘tar kechasi Moskva viloyatida yuz bergan avtomobil falokati oqibatida o‘zbekistonlik olti nafar fuqaro va rossiyalik haydovchi qurbon bo‘ldi. Jarohatlangan yana besh nafar o‘zbekistonlik shifoxonaga keltirildi. Halokat qurbonlarining barchasi tirikchilik tashvishida Moskvaga borgan mehnat muhojirlari edi.

Xabarlarga ko‘ra,  avtomobil falokati tunda Moskva viloyatining Galitsino qishlog‘i yaqinida ikki yuk tashuvchi mashina va bir mikroavtobusning to‘qnashib ketishi oqibatida yuz bergan.

Ford Transit mikroavtobusidagi 11 nafar o‘zbekistonlik shu kuni vatanidan qaytgan va Smolenskdagi qurilish uchastkasida ishlash uchun ketayotgan edilar.

Rossiya matbuotida to‘qnashuv paytida halok bo‘lgan muhojir nomlari e'lon qilindi. Bunga ko‘ra, jabrlanuvchilar 22-36 yoshdagi fuqarolar edi.

Moskva fojiasida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar quyidagilar:

Davlatyorov Rinat Kenisbaevich, 1985 yilda tug‘ilgan,
Zaripov Xolmirza Navbatboevich, 1982 yilda tug‘ilgan,
Kubanov Jenisbay Ongarboevich, 1986 yilda tug‘ilgan,
Kiyasov Valixan Jubatovich, 1972 yilda tug‘ilgan,
Rajapov Jestkergen Taxtaboevich, 1972 yilda tug‘ilgan,
G'oipov Jasur Solatboevich, 1986 yilda tug‘ilgan.

Avtofojiada Rossiya fuqarosi Molodenkov Denis Vasilevich ham halok bo‘ldi. Shuningdek, halokat paytida  Ahmedov Yusuf (1978 yilda tug‘ilgan), Mashirinov Farhod (1977), Poltanov Muhamaddin (1984), Sultonmurotov Hakimboy (1982) va Bobojonov Yusuf (1964) jarohatlandi.

Tahlilchilar Rossiyada o‘zbekistonlik muhojirlarning avtomobil halokatiga uchrashi bot-bot uchrayotganini aytmoqdalar. Ana shunday fojialardan biri o‘tgan yilning 1 mayida Voronej viloyatida ro‘y bergan va unda 13 nafar O'zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumgandi.

Views: 939 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Март 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Login form
Search
Site friends

Statistics