Среда, 2024-05-15, 21.37
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Март » 16 » Namoyishchilarga hujum
Namoyishchilarga hujum
01.39

 Namoyishchilarga hujum

NewsUz. 13 mart kuni O‘zbekiston bosh prokuraturasi binosi oldida uyushtirilgan norozilik namoyishi ishtirokchilariga metall buyumlar bilan qurollangan ayollar tomonidan hujum qilindi. O‘zbekiston inson huquqlari alyansi tomonidan tashkil etilgan namoyishga o‘ttiz chog‘li odam yig‘ilgan va siyosiy talablarni ilgari surayotgan edi.

Voice of Freedom ning alyans rahbari Yelena Urlaevaga tayanib ma'lum qilishicha, hujumlardan keyin piketchilarning ikki nafari jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizildi. Mamlakatda namoyishlar o‘tkazishi bilan tanilgan huquq himoyachisining taxminiga ko‘ra, hujum organ xodimlari tomonidan uyushtirilgan.

O‘zbekiston inson huquqlari alyansi ko‘pdan beri piketlar tashkil etib keladi. Bu gal ham ittifoq faollari mamlakatdagi siyosiy mahbuslarni ozod qilish, so‘z erkinligi, e'tiqod erkinligini ta'minlashni talab qilishdi.

Voqea shohidlarining so‘zlariga ko‘ra, namoyishlarda Jizzax va Farg‘ona viloyatlaridan kelgan fermerlar ham hozir bo‘lishdi. Ular ishbilarmonlik va fermerlik uchun qonuniy erkinlik berilishi, ular faoliyatiga noqonuniy aralashuv cheklanishi, korruptsiyani batamom tugatish talabi bilan chiqishdi.

Tashkilotchilar namoyishda ko‘zda tutilgandan kamroq odam qatnashganini ma'lum qilishdi. Ularning ta'kidlashicha, Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida 12 mart kuni kechqurun, ya'ni piketdan bir kun oldin bosh prokuratura oldida namoyish qilishi mumkin bo‘lgan kishilarning uyida maxsus reyd o‘tkazganlar. Ularning ayrimlari kaltaklandi, ayrimlari uyida esa tintuv uyushtirildi. Bu esa Toshkentdagi namoyishda qatnashishi kutilgan ishtirokchilar soni kamroq bo‘lishiga olib keldi.

So‘nggi paytlarda mamlakatdagi inson huquqlari faollari, xususan, mazkur alyans tomonidan uyushtirilgan piketlar hukumat tomonidan qarshiliksiz kutib olinayotgan edi. Bu gal esa so‘nggi bir necha oy ichida birinchi marta namoyishchilar eski sinalgan usul (ayollar) vositasida ta'qibga uchradi
Views: 876 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Март 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Login form
Search
Site friends

Statistics