Среда, 2024-05-15, 18.30
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Март » 16 » Toshkentda vakolatxona qayta ochilishi mumkin
Toshkentda vakolatxona qayta ochilishi mumkin
01.45

 Toshkentda vakolatxona qayta ochilishi mumkin

NewsUz. Human Rights Watch inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti O‘zbekistonda faoliyatini yangidan boshlashi mumkin. Voice Of Freedomning xabar berishicha, tashkilotning O‘zbekiston vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi va u Toshkentga muzokaralar o‘tkazish uchun keldi. HRW tashkiloti 2007 yili mamlakatdan chiqarib yuborilgan edi.

O‘shanda mamlakat adliya vazirligi tashkilotning o‘zbek idorasi rahbari Andrea Bergning ro‘yxatga olish (akkreditatsiya) to‘g‘risidagi arizasini rad etgandi. Mamlakat rasmiy doiralarida shundan keyin ham xalqaro tashkilot faoliyati yuritishi mumkin degan fikr aytilgan, lekin bu borada aniq tushuntirish berilmagan edi.

Human Rights Watchning yangi vakili akkreditatsiya masalasi to‘la hal bo‘lgunga qadar matbuot bilan uchrashmaslikni afzal bilyapti. Agar ushbu xabar tasdiqlangudek bo‘lsa, xalqaro tashkilotning yangi vakili mamlakatdagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat monitoringi bilan shug‘ullanadi.

Hali tasdiqlanmagan xabarlarga qaraganda, yaqin kunlarda Freedom House tashkiloti ham O‘zbekistondagi o‘z vakolatxonasini qayta ochishi mumkin. Barcha nodavlat tashkilotlar kabi ushbu birlashma ham Andijon voqealaridan keyin majburiy tarzda yopilgan edi.

Human Rights Watch o‘tgan yilga qadar O‘zbekistonda o‘z idorasiga ega bo‘lgan yagona inson huquqlari tashkiloti bo‘lib qolayotgan edi. 2005 yildan keyin mamlakatdagi bir qator nodavlat tashkilotlar ommaviy ravishda chiqarib yuborildi.

Ayni paytda O‘zbekistonda Germaniyaning Fridrix Ebert, Konrad Adenauer nomidagi tashkilotlari faoliyat yuritib kelmoqda.

Tahlilchilar Human Rights Watch tashkilotining mamlakatda yana qayta faoliyat boshlayotganini rasmiy Toshkentning G‘arb bilan munosabatlar yaxshilanayotgani tufayli degan qarashdalar. O‘zbek hukumati joriy yil boshida ham ozodlikdan mahrum etish muassasalaridagi bir qator huquq himoyachilariga amniyatiya akti qo‘llagandi.

Xalqaro tashkilot o‘tgan yilning 23 dekabrida bo‘lib o‘tgan prezident saylovini keskin tanqid qilgan edi.

"Adolatli va erkin saylovlar o‘tishi uchun hech qanday sharoit mavjud emas. To‘rtta nomzod ko‘rsatilgan bo‘lsa ham raqobatli jarayon haqida gapirish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Haqqoniy tanlov mavjud emas", degandi Human Rights Watchning Yevropa va va Markaziy Osiyo bo‘yicha rahbari Xolli Kartner saylovni baholar ekan.

Views: 912 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Март 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Login form
Search
Site friends

Statistics