Четверг, 2024-05-16, 01.16
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Март » 22 » Yusuf Juma kutilmaganda advokati himoyasidan voz ketdi
Yusuf Juma kutilmaganda advokati himoyasidan voz ketdi
21.12
Yusuf Juma kutilmaganda advokati himoyasidan voz ketdi
19.03.2008 y.

 NewsUz - Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi uchinchi tergov izolyatorida saqlanayotgan shoir Yusuf Juma kutilmaganda advokati himoyasidan voz ketdi. Bu hodisa unga qarshi ochilgan tergov ishi yakunlanib, ayblov e'lon qilinganda ro‘y berdi. Cobiq advokat Ruhiddin Komilov bu holatni shunday izohlaydi...

- Himoyamdagi insonning rad etgani nima bilan bog‘liqligini yaxshi bilaman: shubhasiz, bunga uni majbur qilishdi, holbuki vaziyat biz tomonga ijobiy o‘zgarishi ehtimoli bor edi. Lekin ayrim vajlarga ko‘ra ushbu sabablarni ko‘rsata olmayman, - degan u Voice of Freedomga.

Advokat avvalroq Yusuf Jumaning jamoatchilikka yozgan ochiq xatini olib chiqishga uringan, maktub tekshiruv chog‘ida olib qo‘yilgan edi.

Shoir tomonidan Prezident saylovi arafasida O'zbekiston rahbari Islom Karimov siyosatiga qarshi o‘tkazilgan norozilik chiqishlari mahalliy huquq idoralari tomonidan keskin kutib olindi. 2007 yil 10 dekabrida maxsus kuch guruh Yusuf Jumaning uyiga bosqin uyushtirdi. O'sha kuni shoir va uning oilasi hujum joyidan qochib qutuldi. Biroq ko‘p o‘tmay, 2007 yil 17 dekabrida shoir va uning o‘g‘li Bobur Jumaev Toshkent viloyati hududida hibsga olindi. Unga Jinoyat kodeksinig 219-moddasi (hokimiyat vakiliga qarshilik qilish) hamda 104-moddasi (og‘ir tan jarohati yetkazish) aybi bilan jinoiy ish ochildi.

Yusuf Jumaev oilasiga bunga qadar bir necha marta ta'qib amalga oshirilgan. U 2001 yili O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 158-modda (prezidentning sha'ni va qadr-qimmatini haqoratlash) aybi bilan dastlab ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq jazoga tortilgan, jazo keyinroq shartli rejimga alishtirilgan.

Ayni paytda shoirning oilasi (rafiqasi Gulnora Oltieva, o‘g‘illari - 26 yoshli Alisher, 18 yoshli Qodiriy va 9 yoshli Javhar Jumaev) O'zbekistondan Qozog‘istonga chiqib ketdi.

Yusuf Juma va ikki nafar farzandi (Mashrab va Bobur) esa qamoqda.

 

Views: 898 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Март 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Login form
Search
Site friends

Statistics