Среда, 2024-05-15, 07.53
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Март » 22 » DIZINFORMATSIYA
DIZINFORMATSIYA
21.17
DIZINFORMATSIYA
20.03.2008 y.

 NewsUz - NATOning Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili

Robert Simmons bergan mavhum bayonotdan keyin ommaviy axborot vositalarida AQSh O‘zbekistondagi harbiy bazadan yana qayta foydalanishi mumkin degan ovozalar tarqalgandi. O‘z isbotini topmagan uzunquloq ovozalarni kuni kecha AQSh Davlat departamenti vakili yana bir karra rad etdi.

Davlat kotibining yordamchisi o‘rinbosari v. b. Pamela Spratlen Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda 18 mart kuni o‘tgan matbuot anjumanida mazkur masalaga ham e'tibor qaratdi.
«Biz AQSh O‘zbekistondagi aviabazadan foydalanishi xususida dezinformatsiya qanday qilib tarqab ketdi bilmadik. AQSh O‘zbekistonda aviabazaga ega emas. Xabaringiz bor, O‘zbekistondagi Amerika harbiy bazasi 2005 yilda yopilgan va o‘shandan beri ishlamayapti», - dedi P.Spratlen.

Joriy yilning yanvarida O‘zbekistonga AQSh Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni, ayni paytda bu vazifadan ketgan Uilyam Fellon kelgan edi. P.Spratlen ushbu tashrif davridagi muzokaralarda ham aviabaza masalasi mutlaqo ko‘tarilmaganini eslatib o‘tdi.
Vashington vakili, shuningdek, Amerika Qurolli kuchlarida emas, NATOda xizmat qiladigan xodimlar Termezdagi aviabaza orqali tranzit tartibida o‘tishi mumkinligiga aniqlik kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Davlat kotibi yordamchisining o‘rinbosari Bishkekka tashrifi paytida Qirg‘iziston va AQSh o‘rtasida qonun ustuvorligi, korruptsiyaga qarshi kurash doirasida bitim imzolandi.

Loyiha qiymati 15,9 mln. dollarlik dastur ijrosi davrida huquqni muhofaza qilish idoralari shaffofligi, sud tizimi samaradorligini oshirish, korruptsiyaga qarshi kurash masalalariga e'tibor qaratiladi

Views: 859 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Март 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Login form
Search
Site friends

Statistics