Среда, 2024-05-15, 06.04
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Март » 22 » Prezidentning topshirig‘i
Prezidentning topshirig‘i
21.25
Prezidentning topshirig‘i
19.03.2008 y.

 NewsUz.Com. O‘zbekistan tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ustav kapitali 2008-2010 yillarda besh baravarga oshishi va 5 mlrd. dollarga yetishi mumkin. Mamlakat rahbari Islom Karimov bu to‘g‘rida qabul qilgan qarorida Vazirlar Mahkamasiga kerakli pul manbalari izlashni topshirdi. Nizom jamg‘armasi oshishini ehtiyojlarning o‘sishi bilan izohlash mumkin.

«O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi faoliyatini yanada kengaytirish, resurs bazasini mustahkamlash chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida 2009 yilda davlat byudjetini shakllantirishda jamg‘arma kapitalini oshirishni e'tiborda tutish ta'kidlanadi.

Qarorda jamg‘arma kapitalini oshirish uchun Markaziy bank ixtiyorida turgan hukumatning xorijiy valyutadagi aktivlari, byudjet profitsiti mablag‘lari hamda boshqa ichki manbalardan foydalanish tavsiya etilgan.

O‘zbekistan tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 2006 yili moliya vazirligi muassisligida tashkil etilgan. Jamg‘arma mablag‘laridan xalqaro moliya institutlari, xorijiy sarmoyadorlardan bo‘lgan qarzlarni uzish maqsadida foydalanilishi mumkin.

Jamg‘arma mablag‘i ko‘zda tutilgan miqdordan yuqori ko‘rsatkichda byudjetga tushayotgan soliqlar va boshqa manbalardan shakllantirilgan. Jamg‘arma mablag‘lari barcha turdagi soliq va to‘lovlardan ozod etilgan.

Joriy yilda O‘zbekiston energetika, neftegaz, kimyo, irrigatsiya sohalarida sakkizta loyihani amalga oshirish uchun jamg‘armaning 204,5 mln. dollar mablag‘idan foydalanishi ko‘zda tutilgan
Views: 941 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Март 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Login form
Search
Site friends

Statistics