Среда, 2024-05-15, 07.49
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Март » 23 » Uzbekistonda "Axloq"iy tozalash
Uzbekistonda "Axloq"iy tozalash
10.44
Uzbekistonda "Axloq"iy tozalash

 NewsUz. Toshkent shahrida Navro‘z bayrami arafasida militsiya tomonidan tozalash tadbiri uyushtirildi. Ushbu tadbir davomida jinoyatga moyil guruhlar yana bir bor ko‘zdan kechirildi.  Militsiyaning turli tarmoqlari ishtirok etadigan reyd "Axloq" deb ataldi.  Amaliyot fohishabozlik, besoqolbozlik, giyohvandlik kabi illatlarga qarshi qaratildi.

 

Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, reyd davomida poytaxtdagi 200 ta kafe-bar, 115 ta sauna va 70 ta mehmonxona tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruvlar esa 466 shaxsga ma'muriy, 141 tasiga jinoiy ish ochilishi bilan yakunlandi.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, Toshkent shahrida oxirgi paytlarda fohishabozlik, giyohvand moddalar savdosi anchayin keng tarqalgan. Aslida qonunchilikda fohishabozlikka jinoiy jazo ko‘zda tutilgan. Shunga qaramay, shaharning markaziy hududlarida, masalan, Amir Temur xiyobonida yoki Chilonzor tumanining "Qatortol" dahasida ayollarning oshkora tana savdosiga guvoh bo‘lish mumkin.

- Eng qizig‘i, bu kabi noma'qulchiliklar militsiya vakillarining ko‘zi oldida, yana shaharning qoq markazida ro‘y beradi, - deydi toshkentlik Abdurasul Abdug‘aniev. - Lekin ko‘p hollarda militsiya ham fohishabozlikni bilib bilmaganga, ko‘rib ko‘rmaganga oladi. Ba'zida esa unga o‘zi ham sherik bo‘ladi.

Poytaxtda istiqomat qiluvchi yana bir fuqaro Alisher Umarov esa jamiyatni axloqsizlik tomoni yetaklayotgan jinoyatga aslida militsiyaning o‘zi homiylik qilayotganini aytadi. Uning ta'kidlashicha, har bir ko‘p qavatli uylarda qo‘shmachilik bilan shug‘ullanayotgan shaxslar to‘g‘risida uchastka nozirlarida aniq ma'lumotlar bo‘ladi. Lekin nozirlar ular mushugini pisht demaydi. Sababi, noqonuniy fahsh bilan shug‘ullanayotganlardan har oyda ma'lum miqdordagi ulush olib turiladi.

Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasidan ma'lum qilishlaricha, ikki oyga yaqin davot etgan "Axloq" reydi davrida besh yuzga yaqin huquqbuzar hisobga olindi. Tahlilchilar bu kabi tadbirlar real samara berishi uchun poraxo‘rlik va korruptsiyani kamaytirish kerakligini ta'kidlashadi
Views: 1160 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Март 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Login form
Search
Site friends

Statistics