Среда, 2024-05-15, 01.20
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Март » 29 » Militsiya... narkotika homiysi
Militsiya... narkotika homiysi
20.12
Militsiya... narkotika homiysi
29.03.2008 y.

 NewsUz Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudida besh nafar sobiq militsiya ofitseri ustidan ish ko‘rib chiqildi. Narkotrafika va poraxo‘rlikda ayblangan sudlanuvchilarga uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Ofitserlar dastlab narkobiznesga homiylik qilishgan, keyinroq esa o‘zlari ham loyqa biznes ishtirokchisiga aylanganlar.

Sudlanuvchilar orasida Xorazm viloyati jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari T. Otaniyozov hamda uning qo‘l ostida ishlagan tezkor xodimlar D. Kazakov, A.Abdullaev, X.Polvonov, X.Qurbonovlar bor. Ofitserlarga 11 yildan 13 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Ma'lum bo‘lishicha, jinoyat qidiruv boshqarmasining mas'ul xodimlari viloyatdagi narkotik moddalar sotuvchi jinoyatchilarning ayblarini yashirib kelganlar. Buning evaziga esa ulardan katta miqdorda pora olib turganlar. Masalan, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari T.Otaniyozov jinoyat sodir etgan shaxsdan uni saqlash qolish evaziga 15 000 dollar talab qilgan.

Press-uz.info nashriga ko‘ra, militsiya ofitserlari jinoyatchilardan tortib oligan giyohvandlik moddalarini sotish bilan ham shug‘ullanganlar. Masalan, D.Kazakov 300 gramm narkotik moddani qora og‘u sotuvchi kimsaga sottirgan va buning evaziga 7 million 500.000 so‘m pul olgan.
Qonun himoyachisi va kurashchisi bo‘lishi kerak bo‘lgan kimsalar og‘ir jinoyatlarni yashirib kelganlar. Buning ustiga ana shu qilmishlarni o‘zlari sodir etganlar.

Tahlilchilarga ko‘ra, O‘zbekistonda narkotik moddalar savdosi huquq tartibot idoralari, xususan, militsiya tomonidan nazorat qilinadi. Ko‘p hollarda giyohvand moddalar sotuvchi kimsalar yuqori lavozimdagi ofitserlarning homiyligi ostida ish olib boradi. Buning evaziga esa katta miqdorda ulush beriladi. Xorazmdagi jinoiy ish mamlakatda keng tarqalgan ana shunday holatlardan biri.
Views: 891 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Март 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Login form
Search
Site friends

Statistics