Среда, 2024-05-15, 03.53
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Апрель » 3 » Amalga oshmac orzu
Amalga oshmac orzu
00.56
Turkiy tilli davlatlar ittifoqi: amalga oshmac orzu
02.04.2008 y.

 NewsUz - O'zbekiston va Turkmaniston Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasiga a'zo bo‘lishni rad etdi. Aslida  Toshkent va Ashxabod tomonidan mazkur taklifga ko‘pdan beri ro‘yxushlik bermay kelayotgan edi. Turkiyzabonlar orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ikki davlatning bosh tortishi bo‘lajak ittifoq uchun yaxshi bo‘lmadi.

O'zbekiston va Turmanistonning parlament assambleyasiga a'zolikni inkor etgani tufayli Turkiya parlamenti raisining o‘rinbosari Toshkent va Ashxobodga borishini ham ma'lum qildi. Uning maqsadi hozircha oyoq tirab turgan tomonlarni murosaga ko‘ndirishdan iborat.

Joriy yilning 21-22 mart kunlari Antaliyada o‘tgan Turkiy tilli mamlakatlar parlamentlararo kengashining birinchi majlisiga ham O'zbekiston va Turkmaniston tomoni vakil yubormagan edi. O'shanda Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston vakillari Toshkent va Ashxabod ishtirokisiz Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasini tuzish haqidagi protokolni imzoladi. Bu tashabbus esa kutilgandek qarshilikka uchradi.

Turkiy tilli davlatlarga Ozarboyjon, Qozog‘iston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkiya kabi mamlakatlar kiradi. Bundan tashqari, Rossiyaga qarashli Tatariston, Boshqirdiston, Moldaviyaning Gagauziyasi ham turkiy tilli hududlar sanaladi. Turkiy tillar guruhini yigirma to‘rtta xalq vakili tashkil etadi.

Sho‘ro imperiyasi parchalanganidan keyin turkiy tilli davlatlar orasida o‘zaro ittifoq tuzishga harakat boshlandi. O‘sha paytlarda ushbu harakatga nisbatan ilg‘or bo‘lgan Turkiya boshchilik qildi. Mazkur tashabbus dastlab barcha turkiy tillilar qatori O‘zbekiston tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi. Biroq keyinroq Turkiyaning ta'siri oshib borishi xavfi qarshisida mamlakat rahbariyati turkiy tilli davlatlar ittifoqidan voz kechdi.

Hozir ham O‘zbekistonning turkiy tilli davlatlar ittifoqiga munosabatida haddan ziyod ehtiyotkorlikni ko‘rish mumkin.

Tahlilchilar o‘zaro qulay geografik hududda joylashgan turkiy tilli davlatlar o‘rtasida ittifoq tuzilishi, bojxona borasida ma'lum kelishuvlarga erishilishi ijobiy natijalar berishini ta'kidlashadi. Lekin o‘zining buyuk tarixi bilan yashayotgan turkiy tilli mamlakatlarning aksariyati mazkur ittifoqni bir-biriga yon berish, hattoki tobe bo‘lish deb qabul qiladi. Bunday muhitda esa yagona ittifoq to‘g‘risidagi gaplar sarobligicha qolaveradi.

Hozircha erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, parlament assambleyasi majlislari bir yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. Bir yil davom etadigan raislik alfavit bo‘yicha navbatma-navbat olib boriladi. Parlament assambleyasining ishchi tili raislik qilayotgan mamlakat tili bo‘ladi. Assambleyada har bir mamlakatdan yettitadan deputat ishtirok etadi. Assambleyadagi qarorlar konsensus asosida qabul qilinadi. Ya'ni biror mamlakat muhokama etilayotgan masala yuzasidan qarshi ovoz beradigan bo‘lsa, qaror qabul qilinmaydi.

Views: 896 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Апрель 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Login form
Search
Site friends

Statistics