Четверг, 2024-05-16, 04.27
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Апрель » 6 » O‘zDemFond xalqaro komissiya tuzishga chaqirdi
O‘zDemFond xalqaro komissiya tuzishga chaqirdi
09.46
O‘zDemFond xalqaro komissiya tuzishga chaqirdi
04.04.2008 y.

 NewsUz - Xorijda yashayotgan o‘zbekistonlik muxolifat vakillari tomonidan O‘zDemFond deb nomlangan inson huquqlari tashkiloti tuzildi. Tashkilot vakili Safar Bekjonning ma'lum qilishicha, tashkilot O‘zbekistonda yuzaga kelgan gumanitar inqirozli vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha xalqaro hamjamiyat bilan birga samarali vositalar topishni maqsad qilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, yangi tashkilot O‘zbekistonda to‘g‘ridan to‘g‘ri geosiyosiy manfaati mavjud bo‘lgan davlatlar bilan maslahatlashuvlardan keyin tuzilgan, bu jarayonda ayrim xalqaro tashkilotlar ham ishtirok etgan.
Tashkilot tarqatgan bayonotda mamlakatda gumanitar inqiroz, demografik tanglik, katta muhojirlar oqimi yuzaga kelgani, mavjud muammoni yechishda esa nodavlat tashkilotlar muhim o‘rin tutishi aytiladi.

O‘zDemFond ana shunday NNTlardan biri sifatida xalq yetakchilari, ziyolilar, san'at va madaniyat namoyandalari, barcha irq va din vakillari tajribasini o‘rganmoqchi. Boshqaruvning demokratik shakllarini joriy etish yo‘lida esa hukumat rahbariyati bila muloqot olib borishni maqsad qilgan.

Yangi jamg‘arma O‘zbekistonda diktuturadan demokratiyaga o‘tish jarayonida tinch metodlarni topish uchun manfaatdor davlatlar ishtirokida maxsus komissiya tuzishni taklif qiladi. Jamg‘arma BMT, YXHT, Yevropa parlamentidan O‘zbekistonda fuqarolar erkinligi, inson huquqlari buzilishi bilan bog‘liq inqirozli holat masalasini hal etish borasida O‘zbekiston taqdiriga befarq bo‘lmaslikka chaqiradi.

Tashkilot erkinlik va o‘zaro anglashga asoslangan mamlakat qurish uchun kurashni asosiy maqsad deb belgilaydi, bu yo‘lda nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalarni hamkorlikka chaqiradi.

Views: 859 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Апрель 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Login form
Search
Site friends

Statistics