Среда, 2024-05-15, 15.47
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Апрель » 6 » Sun'iy yo‘ldosh ijarasi uchun oyiga 25 ming dollar to‘lanyapti
Sun'iy yo‘ldosh ijarasi uchun oyiga 25 ming dollar to‘lanyapti
09.51
Sun'iy yo‘ldosh ijarasi uchun oyiga 25 ming dollar to‘lanyapti
06.04.2008 y.
 NewsUz - O'zbekistonda "Forum-TV" nomli sun'iy yo‘ldosh telekanali dasturlari sinov rejimida efirga uzatila boshladi. Yangi telekanal mamlakatning xalqaro maydonda nufuzini oshirish, erishilayotgan yutuqlarni ko‘rsatishga xizmat qilishi kerak. O'zbekiston fazoda o‘z sun'iy yo‘ldoshiga ega emas. Sun'iy yo‘ldosh ijarasi uchun oyiga 25 ming dollar to‘lanyapti. O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va Nodavlat Telekompaniyalar Teletarmog‘i rasman «Forum-TV» telekanali muassisi sifatida tilga olinmoqda. Aloqa va axborotlashtirish agentligi esa hukumat vakili sifatida loyihani qo‘llab-quvvatlamoqda. Mazkur agentlik vakilining ma'lum qilishicha, yangi telekanal mamlakatning dunyo davlatlari orasida imijini yaxshilashga xizmat qilishi kutilyapti. Shu bois ham garchi ijara haqi yuqori bo‘lishiga qaramay, telekanal dasturini sun'iy yo‘ldosh orqali uzatishga harakat qilinyapti.

Ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishda bo‘lishi kutilayotgan telekanal dasturlari rus, ingliz tillarida ham efirga beriladi. «Forum-TV» dasturlarini tayyorlash uchun ijodiy guruh saralanyapti. Hozircha esa efir vaqti nodavlat telekompaniyalar teletarmog‘ining ikki soatlik dasturi bilan band qilingan.

Rejaga ko‘ra, «Forum-TV»ning efiri «Yoshlar», «Sport», «TV-Markaz», NTT kabi telekanallarning eng yaxshi ko‘rsatuvlari, «O'zbekkino», «O'zbektelefilm» studiyalari mahsulotlar bilan to‘ldiriladi. Dasturlarni tayyorlash uchun davlat tomonidan mablag‘ ajratilishi belgilangan.

O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining birinchi kanali dasturlari sun'iy yo‘ldosh orqali efirga uzatiladi. Biroq mamlakatda hozirga qadar maxsus sun'iy yo‘ldosh kanali ochilmagandi.

«Forum-TV» muassisi bo‘lgan elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi 2003 yili tashkil etilgan. Assotsiatsiya O'zbekistondagi 30 ta telestantsiya, 16 ta radiostantsiya, 28 ta kabel televideniesini birlashtirgan.

Views: 1141 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Апрель 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Login form
Search
Site friends

Statistics