Среда, 2024-05-15, 22.29
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Апрель » 6 » MDHning o‘z NATOsi bor
MDHning o‘z NATOsi bor
09.58
MDHning o‘z NATOsi bor
05.04.2008 y.

 NewsUz - Sankt-Peterburg shahrida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti parlament assambleyasining doimiy komissiyasi yig‘ini bo‘ldi. NATOga raqobatchi deb qaraladigan tashkilot majlisi Buxarest sammiti bilan bir paytga to‘g‘ri keldi. Ishtirokchilar tashkilotning tinchlikparvar qo‘shinini tuzish masalasida bosh qotirdilar...

Ruminiyada o‘tgan majlisda NATO davlatlari Afg‘oniston muammosi va Shimoliy alyansning sharqqa tomon kengayishi kabi masalalarni muhokama qilgan edi. Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti esa bunga javoban o‘zining tinchlikparvar kuchlarini tashkil etish masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Aslida bu boradagi dastlabki taklif o‘tgan yilning oktyabrida a'zo davlatlar ishtirokidagi sammitda aytilgan edi.

Yig‘inda tashkilot bosh kotibi Nikolay Bordyuja ham ishtirok etdi. U o‘z chiqishida KXShTning xavfsizlik borasidagi o‘rnini oshirishga e'tibor qaratdi.

Parlament assambleyasi yig‘inida tashkilotning tinchlikparvar kuchlarining qonunchilik bazasini ishlab chiqish masalasi bo‘yicha turli fikrlar tinglandi. Parlament assambleyasi 2006 yilning noyabrida tashkil etilgan bo‘lib, unga a'zo davlatlar qonunchilik idoralari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ham kiradi.

Parlament assambleyasi mashvaratida bir qator muhim masalalar qatori Kosovo o‘lkasi tomonidan bir tomonlama mustaqillik e'lon qilinishi xalqaro me'yorlarga zid ekanini ta'kidlovchi bayonot loyihasi ham qabul qilindi. Shu tariqa KXShT NATO tashkilotining Kosovo mustaqilligi borasidagi pozitsiyasiga ham qarshi munosabatini bildirib qo‘ydi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga 1992 yilning 15 mayida Toshkentda Rossiya, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari tomonidan asos solingan. Keyinroq tuzilmaga Ozarboyjon, Gruziya va Belorus qo‘shildi. 1999 yili tashkilotdan O‘zbekiston bilan birga Gruziya, Ozarboyjon ham chiqqandi. 2006 yilning 13 dekabrida mamlakat rahbari Islom Karimov imzolagan hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston KXShTga a'zolikni tiklashni rasman e'lon qildi.

Views: 893 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Апрель 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Login form
Search
Site friends

Statistics