Среда, 2024-05-15, 16.24
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Апрель » 13 » Hijoblilar qora ro‘yxatda
Hijoblilar qora ro‘yxatda
02.19

 Hijoblilar qora ro‘yxatda

NewsUz - Toshkent shahridagi maktablarda tahsil olayotgan qizlar orasida hijoblilarini ro‘yxatga olish boshlandi. Poytaxt maktablaridan birida dars beradigan o`qituvchining aytishicha, mazkur "tozalash" tadbiri xalq ta'limi vazirligi ko‘rsatmasi bilan amalga oshirilyapti.

Kuzatuvchilar oxirgi paytda Toshkent maktablarida hijobli qizlar miqdori ko‘payib qolganini aytishadi.  Bu holat esa rasmiy idoralarning xavotiriga sabab bo‘lgani ehtimol. 

Xalq ta'limi vazirligidagi manbaning aytishicha, tekshiruv davomida hijobli o‘quvchilar ro‘yxatga olinadi. Keyin esa qora ro‘yxatga tushganlarning ota-onalari bilan tarbiyaviy ish olib boriladi. Tushuntirishlardan keyin ham hijobini yechishga rozi bo‘lmagan "quloqsiz" qizlar esa o‘quvchilar safidan chiqarilishi mumkin.

Xalq ta'limi vazirligi ushbu harakatni davlat maktablarida diniy belgilarni ko‘rsatish mumkin emasligi, qonunchilikka ko‘ra din va davlat ajratilgani bilan izohlaydi. Mamlakat parlamentida 1998 yilning aprelida qabul qilingan "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida" qonunda din va davlat ajratilgani qayd etiladi.

Xotin-qizlarning davlat tashkilotlari, ta'lim muassasalarida hijobda yurishi qonunchilikka mos ekani yoki mos emasligi ko‘pdan beri munozaralarga sabab bo‘lib keladi. Ayrim huquq himoyachilari diniy erkinlik fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqi ekaniga urg‘u berib,  bu kabi holatlarni tanqid qilishadi. Boshqa guruh huquq himoyachilari esa Yevropa mamlakatlari, masalan, Frantsiyani misol qilib, maktablarda hijobda yurish diniy belgilarni oshkora namoyish etish ekani, bu esa dinning davlatdan ajratilgani tamoyiliga zid bo‘lishi mumkinligiga urg‘u beradi.

Bundan bir muddat oldin Andijon viloyatidagi umumta'lim maktablari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ham diniy amallarni ado etadigan o‘quvchilarni aniqlash va ro‘yxatga olish kampaniyasi amalga oshirilgan edi.

Tekshiruvlar jarayonida tuzib chiqilgan dindor o‘quvchilar ro‘yxati zudlikda huquq idoralariga taqdim etildi. Ehtimoliy ko‘ngilsizlik oldini olish maqsadida maktablar ma'muriyati ota-onalarga farzandlarining diniy e'tiqodga berilib ketishini kuzatib borishni topshirishdi.

Views: 1165 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Апрель 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Login form
Search
Site friends

Statistics