Среда, 2024-05-15, 03.12
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Апрель » 13 » O‘zbekistonda yahudiy delegatsiyasi
O‘zbekistonda yahudiy delegatsiyasi
02.24
O‘zbekistonda yahudiy delegatsiyasi

 NewsUz - Buxoro yahudiylari butunjahon kongressining 120 kishidan iborat katta delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi. Ochiq  axborot manbalariga ko‘ra, delagatsiyaga ushbu kongress prezidenti, ishbilarmon sifatidan nom chiqargan Lev Levaev rahbarlik qilyapti. Bu odam nomi mamlakatda ancha tanilgan. 

Yahudiy jamoasi dunyo siyosatida katta ta'sirga ega. Shu ma'noda ularning O‘zbekiston siyosatiga ham ma'lum ma'noda ta'siri bor, deydi kuzatuvchilar.

Yahudiy delegatsiyasining tashrifi munosabati bilan Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida kontsert uyushtirildi. Ishtirokchilaridan birining aytishicha, kontsert juda dabdabali tarzda o‘tgan. O‘zbekistondagi katta qabul uchun esa Lev Levaevdan boshlab, Isroil davlatining Toshkentdagi elchisi Ami Mel, yahudiy parlamenti a'zosi Amnon Koengacha - barchasi minnatdorchilik aytgan. To‘g‘risi, oxirgi paytlarda O‘zbekiston bu kabi - yuz kishidan ziyod yirik delegatsiyaga mezmonlik qilmagan va bunday yuqori darajada kutib olmagandi.

Ma'lum bo‘lishicha, isroillik mehmonlar Samarqand, Buxoro hamda Toshkent shaharlaridagi tarixiy obidalarni ko‘radi.

Aslida O‘zbekistonda bor-yo‘g‘i yigirma ming yahudiy istiqomat qiladi. Mazkur etnik guruhning aksariyat vakillari mustaqillik arafasida va undan keyin Isroilga ketib qolgan. Bu yerda qolganlari ham iqtisodiy jihatdan to‘q aholi guruhiga kiradi. Buxoro yahudiylari yetakchisi bo‘lgan Lev Levaev ham dunyodagi badavlat shaxslardan biri. Olmos savdosi bo‘yicha peshqadam bo‘lgan bu odamga qarashli «Leviev Grup» kompaniyasi 3 milliard dollar atrofida mablag‘ oborot qiladi. 1956 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan bu shaxs ayni paytda Buxoro yahudiylari butunjahon kongressiga rahbarlik qiladi.

Mazkur tashrifdan bir necha kun oldin Press-uzinfo saytida adliya vazirligi vakilining O‘zbekistondagi yahudiy jamoasi rahbari Abe Dovid Gurevich mamlakat qonunchiligini buzayotgani, yaqin kunlarda u bosh bo‘lgan diniy tashkilot faoliyati to‘xtalishi haqidagi fikrlari e'lon qilingandi.

Mamlakat adliya idorasi bundan avvalroq «Joint Distribution Committee, Inc.» yahudiy jamoasiga yordam berish tashkiloti ham yopilishi xususida
Views: 926 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Апрель 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Login form
Search
Site friends

Statistics