Среда, 2024-05-15, 22.26
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Апрель » 13 » HRW: Yevropa Ittifoqiga eslatma
HRW: Yevropa Ittifoqiga eslatma
02.28
HRW: Yevropa Ittifoqiga eslatma
09.04.2008 y.
 NewsUz - Bugun Ashxabodda Yevropa Ittifoqining yuqori lavozimdagi vakillari va Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari o‘zaro munosabatlar strategiyasini muhokama etishadi. Shu munosabat bilan memorandum qabul qilgan Human Rights Watch tashkiloti mintaqadagi muammolarga e'tibor qaratdi.

- Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlari uchun inson huquqlari borasida maqsadli ko‘rsatkichlarni shakllantirishi kerak va ular ijrosi mintaqadagi strategiyada muhim kalit vositaga aylanishi zarur, - deyiladi 8 aprel kuni tarqatilgan memorandum da.

9-10 aprel kunlari Ashxabod shahrida o‘tadigan yig‘in Yevropa Ittifoqning Markaziy Osiyo davlatlari bilan kelgusi aloqalarida muhim o‘rin tutishi mumkin. Ushbu yig‘inda YeI tashqi aloqalar komissari Benita Ferrero-Valdner, YeIning amaldagi prezidenti Sloveniya tashqi ishlar vaziri Dmitriy Rupel, Frantsiya tashqi ishlar vaziri Bernard Kushner va YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Per Morel ishtirok etadi. YeI Markaziy Osiyo uchun 2007 yilning iyunida strategiya qabul qilgan. Strategiyada Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan energetika, xavfsizlik va boshqa siyosiy masalalardagi munosabatiga e'tibor qaratilgan.  
- Aniq talablarning qo‘yilishi strategiyaga to‘g‘ri yo‘nalish tanlashga yordam beradi, - deydi Xyuman Rayts Votchning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Xolli Kartner. - Markaziy Osiyoning aksariyat davlatlari postsovet makonidagi eng repressiv tuzumlardan sanaladi. Yevropa Ittifoqi vaziyatni yaxshilash uchun ushbu imkoniyatdan samarali foydalanishi kerak.  
Xyuman Rayts Votch 15 sahifalik memorandumda  mintaqaning har bir davlati bo‘yicha o‘z qarashini ilgari suradi. Xususan, tashkilot mintaqadagi fuqarolik jamiyati vakillari bilan doimiy aloqa o‘rnatish va ular bilan muloqotda bo‘lish kerakligini aytadi. Oxirgi paytlarda mintaqa davlatlari, xususan, O‘zbekistonda inson huquqlari himoyachilari amnistiya bilan ozod etilgani kuzatildi.

"Ushbu o‘zgarishlar albatta, olqish va e'tirofga loyiq. Lekin bu holat Markaziy Osiyoning alohida davlatlari va umuman mintaqadagi inson huquqlari bilan bog‘liq ayanchli holatni yaxshilashga olib kelmaydi", deydi  X.Kartner.
Keyin esa tashkilot mintaqaning har bir davlatida inson huquqlari bilan bog‘liq muammolarni sanab o‘tadi.

O‘zbekiston masalasida tashkilot YeIdan adolatsiz qamoqqa tashlangan huquq himoyachilarini ozod qilish, fuqarolik jamiyatiga bosim o‘tkazishni to‘xtatish uchun amaliy yordam so‘raydi.   - YeIning Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistonga nisbatan iliq munosabatini boshqa inson huquqlari tashkilotlari ham salbiy qabul qilayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi, - deydi mahalliy kuzatuvchi Azim Botirov. - E'tiroz asossiz emas. YeIning katta rahbarlari strategik masala sanalgan energetika deya inson huquqlari masalasiga ikkinchi darajali hodisa sifatida e'tibor qaratmoqdalar.  
Yaqin kunlardan YeI rahbariyati Andijon voqealaridan keyin O‘zbekistonga nisbatan joriy etilgan sanktsiyalar masalasini muhokama etadi. O‘tgan yili ushbu jazo chorasi vaqtincha to‘xtatilgan edi. Endi bu boradagi Bryussel so‘nggi qarorini bildirishi kerak. Sanktsiyalar masalasida munosabat bildirgan Xyuman Rayts Votch YeIni mamlakatdan islohotlar olib borishni talab qilish, inson huquqlari borasidagi ahvol o‘nglanmagunga qadar sanktsiyalarni saqlab turishni samarali yo‘l sifatida keltiradi.

Views: 935 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Апрель 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Login form
Search
Site friends

Statistics