Среда, 2024-05-15, 21.48
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Апрель » 13 » Hissiyotlarni jilovlolmagan teleyulduz
Hissiyotlarni jilovlolmagan teleyulduz
02.31
Hissiyotlarni jilovlolmagan teleyulduz
10.04.2008 y.

 NewsUz - O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi siyosiy sharhlovchisi Qobilbek Karimbekov jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi tomonidan ko‘rilgan ishda jabrlanuvchi sifatida hozir bo‘lgan. Oldinroq O'zbekiston prezidenti devonida bosh konsultant lavozimida ishlagan  jurnalist mamlakatda ancha taniqli.

"Ezgulik" inson huquqilari jamiyati ma'lumotiga ko‘ra, teleyulduz bilan bog‘liq mojaroning qisqacha tafsiloti quyidagicha: 2007 yilning 16 iyun kuni soat 21.30 larda Toshkent shahar Nukus ko‘chasidagi Shoh restoraniga fuqaro Shukurjon aya Nurmatovaning 85 yillik yubileyi bahonasida jabrlanuvchi Qobilbek Karimbekov (yubilyarning kuyovi), ayblanuvchilar Iskandar Salaev (kuyov, jabrlanuvching bojasi), Haydar Madaminov, Suxrob Salaevlar singari qarindosh-urug‘lar yig‘ilgan. Bazm paytida spirtli ichkilik natijasida Qobilbek Karimbekov mast bo‘lib qolgan hamda qiz-juvonlarga tegajoqlik qilgan. Ehtiroslariga dosh berolmagan qarindoshlarning bir-ikkisi u bilan "gaplashib" qo‘ygan.

Qobilbek Karimbekov 2007 yilning 16 iyunida sodir bo‘lgan mazkur hodisadan so‘ng o‘ziga nisbatan og‘ir tan jarohati yetkazilganini da'vo qilgan. Sud-tibbiy ekspertizasi ham taniqli jurnalist sog‘lig‘i buzilishiga olib kelgan hamda o‘rtacha og‘irliqdagi tan jarohati olgan, deb xulosalagan.

Tergov jarayonida fuqaro Iskandar Salaev, Haydar Madaminov, Suxrob Salaevlar O'zbekiston Respublikasi JKning 127-moddasi (Voyaga yetmagan shaxsni jinoyatga undash), 277-moddasi (Bezorilik) bilan ayblangan. Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan 2007 yilning 30 noyabrida Mirobod tumani prokurori I. Ergashxodjaev tomonidan ayblov xulosasi tuzilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi sudyasi S. Sodiqov raisligida o‘tkazilgan majlis 2008 yiling 28 fevralida ayblanuvchilarni muayyan jazoga tortgan hamda amnistiya akti bilan jazodan ozod qilgan. Ayblanuvchilardan jabrlanuvchi foydasiga 2 000 000 (ikki million) so‘m miqdorida jarima undirishga hukm qilgan.

Sud hukmidan norozi bo‘lgan fuqaro Iskandar Salaevning ishonchli vakili Hamroqul Asqarov O'zbekiston inson huquqlari "Ezgulik" jamiyatiga murojaat qilgan va uning haq-huquqlarini himoya qilishni so‘ragan.

Ma'lum bo‘lishicha, jamiyatga murojaat qilgan arzgo‘ylar shikoyat xati bilan birga mazkur yubiley tantanasining videotasmasi, bazmdan olingan fotosuratlar hamda guvohlarning bu boradagi ko‘rsatmalarini ham taqdim etishgan. Mazkur daliliy ashyolarni o‘rgangan jamiyat faollari Qobilbek Karimbekovning mast bo‘lgani va yig‘ilgan mehmonlarga shilqimlik qilgani haqidagi iddaolarda jon bor degan xulosaga kelgan.

Sud materiallarida ayblanuvchilar tilidan bayon etilishicha, mazkur mojaro qahramonlari bo‘lgan bojalar o‘rtasida uzoq yillik kelishmovchiliklar bo‘lgan. Go‘yo, Qobilbek Karimbekov shu boisdan ham mazkur sahnani o‘ylab topgan. Ishda ayblanuvchilar hisoblangan shaxslar bu sahna ko‘rinishi puxta tuzilgan stsenariy ekanini anglashib, Qobilbek Karimbekovga qo‘l ko‘tarishmagan. Aksincha, uning xatti-harakatlari uyatli ekanini tushuntirib, to‘xtatishni so‘ragan. To‘yxonadan tashqariga chiqishganida siyosiy sharhlovchi mastlikdan muvozanatini saqlay olmay yiqilgan va ekspertiza aniqlagan tan jarohatlarini orttirgan. Bu ayblanuvchi tomonning talqini.

O'zbekiston inson huquqlari "Ezgulik" jamiyatining ma'lum qilishicha, jinoiy ish materiallarini o‘rganish mobaynida bir muhim hujjatga duch kelindi. Shu yilning 21 fevralida Toshkent shahar Mirobod tumani IIB TIB boshlig‘i J. Miraxmedov advokat M. Mahkamovning so‘roviga bergan javob xatida da'vogar Qobilbek Karimbekovning arizasi IIBning F-2 ro‘yxatga olish kitobiga 2007 yil 16 iyun kuni soat 17-00 larda 1415-son bilan kirim qilingani aytiladi. Jinoiy ish matriallari, tergov xulosalari, videotasvir va guvohlarning bayoni, ishda taraflarning tushuntirishlariga ko‘ra jinoiy ish predmeti bo‘lgan bezorilik hodisasi o‘sha kuni (16.06.2007 y) 21.30 larda sodir etilgani ta'kidlangan. Mazkur xronologik nomuvofiqlikdan jinoyat ishining soxta ekani yoki Mirobod tumani IIBning murojaatlarni ro‘yxatga olish F2 kitobidagi qaydlar noto‘g‘ri ekani ko‘rinadi, deydi jamiyat vakili.

Ammo dastlabki tergov harakatlarini olib borgan Mirobod tumani IIB tergovchisi N. To‘ychiev ham, ayblov xulosasini tasdiqlagan prokuror I. Ergashxodjaev ham, sudya S. Sodiqov ham ayni holatga e'tibor qaratmagan. Ayblanuvchilar esa huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining soxta jinoiy ish ochib, o‘zlarini javobgar qilishganini takrorlashmoqda. Ular iddaolarini video, fotohujjatlar, guvohlar ko‘rgazmasi, nomuvofiq xronologiya hamda siyosiy sharhlovchining jamoatchilik oldidagi professional kar'erasi, taniqliligi asoslaydi.

Mavjud vaziyatni o‘rganib chiqqan "Ezgulik" jamiyati jinoiy ish materiallarida bir qancha protsessual qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini, shu boisdan ishning jiddiy taftishga muhtoj ekanini ta'kidlaydi. Oldindagi appelyatsiya bosqich sudi odil sudlov printsiplariga amal qilishi kerak deb xulosalaydi jamiyat.

Views: 1160 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Апрель 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Login form
Search
Site friends

Statistics