Четверг, 2024-05-16, 03.30
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Апрель » 13 » Senator-direktor g‘oyib bo‘ldi
Senator-direktor g‘oyib bo‘ldi
02.34

 Senator-direktor g‘oyib bo‘ldi

NewsUz - O‘zbekistondagi eng boy zavodlardan biri Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati rahbari Nikolay Kucherskiy Moskva shahriga qochib ketdi, deb yozadi Uzmetronom nashri. O‘zbekiston qahramoni va senator kabi oliy rutbalarga ega bo‘lgan bosh direktor bir qator jinoyatlarda gumon qilinyapti.  

Navoiy tog‘-metallargiya kombinatidagi moliyaviy tekshiruv 2007 yilning oxiridi boshlangandi. O‘shandayoq kombinatning bir qator amaldorlari qatori bosh direktor Nikolay Kucherskiyning o‘zi ham gumon ostida qolgan edi.

Ayrim xabarlarga qaraganda, joriy yilning martida Navoiy kombinatining bir qator yuqori lavozimli amaldorlari o‘z ish kabinetida hibsga olingan. Ular valyuta shartnomalarini buzish, davlat mablag‘larini o‘zlashtirish va boshqa jinoyatlarda ayblangan. Aftidan, mazkur tekshiruv yakunlanib, navbat katta rahbarga ham yetgan ko‘rinadi. Harqalay, qahramon direktorning kutilmaganda ish joyini tashlab Rossiyaga poytaxtiga ravona bo‘lishi ana shundan dalolat berayotgandek.

Kucherskiy qochib ketgani xususida xabar tarqalgan bo‘lsa-da, Navoiy tog‘-metallargiya kombinatining rasmiy saytida tashkilot rahbari sifatida hali ham Kucherskiy Nikolay Ivanovich nomi ko‘rsatilgan. Birinchi rahbarning saytdagi har bir sahifaga kiritilgan suratlari ham hali olib tashlanmagan. Ehtimol, rahbar bir lahzada g‘oyib bo‘lganidan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan kombinat ma'muriyati yodiga Kucherskiy nomini olib tashlash hali kelmagandir. Ehtimol...

Nikolay Kucherskiy 1961 yili Dnepropetrovsk tog‘ institutini tamomlagan. Shu yildan e'tiboran Uchquduqda mehnat qilgan. O‘tgan vaqt davomida turli lavozimlarda ishlagan injener-shaxta quruvchi 1985 yili Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatiga direktor etib tayinlangan. Texnika fanlari doktori, professor, bir qator akademiyalar a'zosi. Amaldagi davlat rahbarining ishonchli kadrlaridan biri deb aytiladigan arbob olmagan unvon, ega bo‘lmagan mukofot va orden, medal kam topiladi. Kucherskiy hatto Amerika biografiya instituti tomonidan 2000 va 2002 yillarda yil odami deb e'lon qilingan.

O‘zbekistonda g‘azabga uchragan yoki jinoyatda ayblanayotgan amaldorlarning xorijga qochib ketishi ko‘p uchraydi. Lekin amaliyotda agar mamlakat rahbariyati jiddiy harakat qilsa, qochoqni qaytarib keltirish mumkinligi sinalgan. Masalan, bir necha yil oldin davlat mulkini talon-taroj qilishda ayblangan O‘zbekiston havo yo‘llari kompaniyasi rahbari Arslon Ro‘zmetov ham Moskvaga qochib ketgandi. To‘g‘ri, u bir necha yil davomida Moskavadagi aeroportlardan birida direktor o‘rinbosari bo‘lib ham ishladi. Lekin kerak paytida u ushlab O‘zbekistonga olib kelindi va keyinroq ozodlikdan mahrum etish muassasasida vafot etdi. Shu ma'noda Moskvani N. Kucherskiy uchun so‘nggi qochish maskani deyish biroz erta
Views: 1008 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Апрель 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Login form
Search
Site friends

Statistics