Среда, 2024-05-15, 04.12
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Апрель » 20 » «Zeromax GmbH» kompaniyasi O'zbekistonda
«Zeromax GmbH» kompaniyasi O'zbekistonda
20.01

 «Zeromax GmbH» kompaniyasi O'zbekistonda

NewsUz «Zeromax GmbH» kompaniyasi Buxoro-Xiva hududida neft va gaz qidiruv amaliyoti uchun litsenziya oldi. Loyiha xarajati 238,7 million dollar atrofida. Rasman Shveytsariyada ro‘yxatdan o‘tgan mazkur kompaniya aslida O‘zbekiston prezidentining qizi Gulnora Karimova nazoratida ekani aytiladi.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, kompaniyaga geologik tekshiruvlar olib borishga ijozat berish borasida hukumat qarori ham qabul qilingan. Ushbu qarorda Zeromax kompaniyasi 2008-2012 yillarda O‘zbekistonning g‘arbiy va markaziy hududlarida qidiruv, razvedka ishlari olib borish huquqi beriladi. Mazkur hududdagi konlarda 102 million tonnaga yaqin energiya manbasi bo‘lishi mumkin.

Kompaniyaning sho‘'ba korxonalaridan biri bo‘lgan «UzGazOil» geologiya qidiruv ishlarida operator vazifasini bajaradi.

O‘zbekistonda 1999 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan «Zeromax» kompaniyasiga mamlakatdagi neft-gaz, oziq-ovqat, to‘qimachilik, elektrotexnika, qurilish kabi sohalarda ish olib boradi. Xususan, kompaniya oxirgi paytlarda O‘zbekistonning strategik hamkorlik sohasi bo‘lib qolgan neft-gaz yo‘nalishida juda katta loyihalarni amalga oshiryapti. Ushbu yo‘nalishda kompaniyaning o‘nga yaqin sho‘'ba korxonalari ish olib boradi. Ayrim tahlilchilar neft-gaz sohasidagi barcha bitimlar ushbu kompaniya orqali amalga oshirilayotgani, "O‘zbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasi ham «Zeromax» iznisiz katta bitimlarni imzolay olmay qolganini aytishadi. 

O‘zbekistonda oltin qazib olish sohasida faoliyat yuritgan Buyuk Britaniyaning «Oxus Gold plc» kompaniyasiga tegiishli 29,9% ulush ham «Zeromax» tomonidan olingani ta'kidlanadi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyo hududidagi eng yirik neft va gaz zaxirasiga ega bo‘lgan davlatlardan biri. Deylik, mamlakatning yillik gaz qazib olish ko‘rsatkichi 62 milliard kubometri tashkil etadi. Bu boradagi yirik loyihalarni amalga oshirishda esa «Zeromax» kompaniyasi asosiy tashkilotchi va muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajaradi.

Views: 1155 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Апрель 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Login form
Search
Site friends

Statistics