Среда, 2024-05-15, 22.28
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Апрель » 20 » 15 ming dollargacha berishga tayyor
15 ming dollargacha berishga tayyor
20.06
15 ming dollargacha berishga tayyor

 NewsUz Toshkentdagi Jahon iqtisodi va diplomatiya universitetiga o‘qishga kirishni maqsad qilgan abiturient bu uchun 15 ming dollargacha berishga tayyor edi. Shu paytda pora evaziga imtihondan o‘tkazib berishga va'da bergan "dastyor" ham topila qoldi. Biroq o‘qishga kiritish operatsiyasi oxiriga yetmadi...

Oybek Bultakov mamlakatdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tahsil olar edi. Ushbu dargoh talabasi bo‘lish hammaga ham nasib etmaydi, respublikada qanchadan qancha yoshlari mazkur universitetga kirishni orzu qilishadi. Lekin Oybek Bultakov unga berilgan imkoniyatdan unumli foydalanish o‘rniga noma'qul yo‘llarga kirishni afzal deb bildi. Shu tariqa u firibgarlik olamiga qadam qo‘ydi, deb yozadi region.uz nashri.

O'tgan yilning yozida to‘rtinchini bitirib, so‘nggi kursga o‘tishga hozirlik ko‘rayotgan paytda qoraqalpog‘istonlik kursdoshi Sh. Tamurotov qo‘ng‘iroq qilib qoldi. Gap orasida Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan ikki nafar yigit borligi, yordam ko‘rsatilsa, 4000-5000 AQSh dollari berishlari mumkinligini aytdi. Oybek o‘ylab ham o‘tirmay, o‘qishga kirishga yordam berishga va'da berib yubordi.

Qoraqalpog‘istonlik Davron va Alijon Toshkentga yetib ham kelishdi. Ular bilan uchrashgan Oybek tanishlari orqali ishonchli 'shpargalka'lar olib berish, telefon orqali imtihon savollariga javob topishga yordam qilishini aytdi. Buning uchun esa oldindan 5000 dollar so‘radi.
Yigitlardan biri Alijonning pochchasi Baxtiyor Abdullaev ehtiyotkorlik qildi. Pul oldindan berilmasligi, keyinroq ish natijasiga qarab berilishini bildirdi. Muhokamadan keyin ular Oybekdan 5000 dollar... qarz olganlari xususida tilxat yozib berishga rozi bo‘lishdi.

Biroq imtihon kuni Oybek ularga hech qanday yordam bera olmadi. Abiturientlarga 'garantiyali' deb tutqazilgan 'shpargalka' ham foyda bermadi, telefon esa nazoratchilar tomonidan olib qo‘yildi. Lekin, harqalay, tayyorgarlik yaxshi bo‘lgani uchundir, Davron o‘qishga kirdi. Garchi biror ishni qoyillatmagan bo‘lsa ham avvaldan Oybekka berib qo‘ygan 4000 dollarni suyunchi sifatida unda qoldirdi. Oybek esa o‘zida 1800 dollarni oldi-yu, qolganini abiturientlarni imtihonga hozirlagan va ularni topib bergan boshqa tanishlariga tarqatdi.
Dastlabki muvaffaqiyat va daromaddan ruhlangan talaba o‘zini bundan ham kattaroq ishlarga qodirdek his qildi. Yangi rejalar, yangi 'qurbon'lar xususida o‘ylay boshladi.

O'sha paytda eski tanishi Baxtiyor Abdullaev (bu o‘sha jiyanini IIV akademiyasiga kiritish uchun harakat qilib yurgan odam) telefon qilib qoldi. Qo‘shnisi Yulduz Orunova Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga o‘qishga kirmoqchiligi, buning uchun 15000 AQSh dollarigacha bera olishini aytdi. Talaba yigitga manfaatli taklif ma'qul ko‘rindi. Tez kunda surishtirib ko‘rish va yordam berishga va'da berdi.

Bu borada shu universitetda o‘qiydigan tanishi Bektosh Mamatqulov bilan maslahatlashdi. Bektosh o‘qishga kirishga yordam beradigan bo‘ldi.Shu suhbatda Bektosh xalqaro munosabatlar fakultetiga kirish 11 ming, xalqaro huquq fakultetiga esa 17 ming dollar ekanini aytdi. Bu orada o‘qishga kiritish 'operatsiya'siga diplomatiya universitetining yana boshqa bir talabasi Iqbol Tursunov ham qo‘shildi. Bektosh Mamatqulov ushbu masalada yordam berishni so‘rab unga murojaat qilganda, buning uchun 18 ming dollar kerak bo‘ladi degan javob oldi.

Shu tariqa universitetdagi tanishlari bilan maslahatlashuvdan keyin Oybek mijoziga telefon qildi va o‘qishga kirish orzusi 17 ming dollar evaziga ushalishini ma'lum qildi. Narxning tobora ko‘tarilayotganini odam ko‘pligi, da'vogarlar miqdori esa oshib borayotgani bilan izohladi. Tabiiyki, o‘qishga kirish istagida bo‘lgan tomon Oybekdan o‘rtada kim turgani, kimga suyanib ish olib borilayotganini so‘radi. Shunda u 'mijoz'ini ishontirish uchun diplomatiya universitetining kadrlar bo‘limi boshlig‘i bilan gaplashib qo‘ygani, bu borada umuman xavotirga o‘rin yo‘qligini ta'kidladi. Baxtiyor Abdullaev ham Oybekning va'dalariga ishonganday edi.

Darvoqe, bu orada Oybekning 'hamkor'lari Bektosh ham, Iqbol ham o‘yindan chiqqani, o‘qishga kiritish borasida umuman yordam berolmasligini ma'lum qilgandi. Lekin shundayam u oxirigacha, tavakkal o‘yinga kirishdi. O'zini go‘yo hammasi risoladagidek ketayotgan kabi tutib Baxtiyor Abdullaev bilan 'muzokara'larni davom ettirdi. Nihoyat, Oybek undan so‘ralgan pulni keltirishni so‘radi. Ular belgilangan joyda uchrashishdi. B. Abdullaev va'da qilingan pulning bir qismini olib boradigan bo‘ldi...

Bu orada milliy xavfsizlik xizmati firibgarlikdan xabar topgan, B.Abdullaev ogohlantirilgan va jinoyatning oldini olish, aybdorlarni qo‘lga olish uchun rejalar belgilab qo‘yilgan edi. Baxtiyor Abdullaev aytilgan joyga maxsus kimyoviy ishlov berilgan pul bilan bordi. Shu tariqa Oybek 5000 AQSh dollari (6 million 339 ming 800 so‘m) miqdorida pul olayotgan paytda hibsga olindi.

Tergov va sud jarayonida Oybek Bultakovga firibgarlik va poraxo‘rlik bilan bog‘liq ayblar qo‘yildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudi uni Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi (o‘zganing ishonchini suiiste'mol qilib, firibgarlik vositasida katta miqdordagi boylik va mulkni o‘zlashtirish, qo‘lga kiritishga urinish), 59, 211-moddasi 3-qismi (pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab ma'lum ishni bajarish evaziga unga bevosita yoki bilvosita juda ko‘p miqdorda moddiy qimmatliklar berishga qiziqtirish) bilan aybdor deb topdi va olti yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi.

Views: 1248 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Апрель 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Login form
Search
Site friends

Statistics