Среда, 2024-05-15, 09.23
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Апрель » 20 » Sobiq militsionerning qochishi sabab quyidagicha
Sobiq militsionerning qochishi sabab quyidagicha
20.12
  Sobiq militsionerning qochishi sabab quyidagicha
NewsUz Militsiya podpolkovnigi, Angren shahar ichki ishlar bo‘limi rahbarining sobiq o‘rinbosari Shuhrat Abdullaev O'zbekiston bosh prokuraturasi tergovchisi xonasining derazasidan xuddi bezorilardek sakrab qochdi va tuzukkina jarohatlandi ham. Sobiq militsionerning qochishi sabab quyidagicha.

Angren shahar ichki ishlar bo‘limi rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, keyinroq ishdan haydalgan Shuhrat Abdullaev bilan bog‘liq voqea region.uz saytida e'lon qilingan maqolada tilga olingan.

Shunday qilib, sobiq podpolkovnik ikki qo‘li va oyoqlari sinib, jabrlanuvchiga aylanib qoldi va Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasiga keltirildi. Turgan gap, bu voqea demokratik ko‘rinishidagi tomoshaga turtki bo‘ldi. Shuhrat Abdullaevning ukasi Oybek akasining boshiga tushgan voqeadan qattiq ta'sirlanib, Angren shahrida yashaydigan bir guruh qarindoshlarini o‘z atrofiga to‘pladi.

Shu yilning 24 mart kuni soat 23 larda sakkiz kishi sobiq podpolkovnikni ozod etishni talab qilib, respublika Bosh prokuraturasi binosiga bostirib kirmoqchi bo‘lishdi. Ular plastik idishlar va benzin to‘ldirilgan kanistrni ko‘tarib olishgan edi. Qarindoshlar oynalarni sindirib, o‘zlarini yoqib yuborishlarini aytib, tahdid qila boshlashdi.

Albatta, ularning hech biri o‘z joniga qasd qilmoqchi emas edi. Bu shovqin-suron odamlarning diqqatini jalb etish niyatida uyushtirilgandi. Lekin bu ish kutilgan natijani bermadi. To‘polonchilarni ushlab, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman Ichki ishlar boshqarmasiga keltirishdi. Hozir esa ularni javobgarlikka tortish masalasi ko‘rilmoqda...

Endi esa Angren shahar ichki ishlar bo‘limi rahbari o‘rinbosarining militsiyadan ishdan bo‘shatilishi sabablariga oydinlik kiritsak. 2003 yilning may oyida Toshkent viloyatining Angren shahrida sakson yoshli chol - Shukur Abdullaev o‘ldiriladi. Cholning jasadini o‘z uyidan, qo‘l-oyoqlari bog‘liq holda topadilar.

Shahar prokuraturasi shu zahoti ushbu jinoyat ishi bilan shug‘ullana boshladi. Lekin muammo yuzaga keladi. Chunki qotillar jinoyat ustida ushlanmagan, qolaversa, jinoyatchilar bironta iz ham qoldirmagan edi. Xuddi shu paytda ichki ishlar xodimlari T.Misheva ismli qizni zo‘rlashda gumon qilinayotgan bir guruh yosh yigitlarni qo‘lga olishadi. Ularning hammasi voyaga yetmagan o‘spirinlar edi. R.Shodiev, D.Motkin, T.Qodirov, D.Smailov va D.Romachev keltirilgan dalillar va jabrlanuvchi ko‘rsatmasiga ko‘ra, o‘z ayblariga iqror bo‘lishadi. Mana shunda janob podpolkovnik shahar prokuraturasidagi hamkasblarini qoyil qoldirmoqchi bo‘lib, shaxmatchilar iborasi bilan aytganda "ot bilan olg‘a yuradi". Beshala zo‘ravonga militsiyada yaxshilab "ishlov berishib", qotillikni ham bo‘yinlariga qo‘yishadi. Chunki podpolkovnik o‘z shahrida og‘ir jinoyatlarni ochishga oid ko‘rsatkichni yaxshilamoqchi edi. O'spirinlarga esa qasddan emas, ehtiyotsizlik orqasidan qotillik yuz bergan degan modda qo‘llaniladi, deb aytishadi.

Lekin, Toshkent viloyat sudi yigitchalarning ko‘rsatmalarini yetarli emas deb topadi va qotillik haqidagi ishni tergovga qaytaradi. SIZO ga qaytguncha yigitchalar podpolkovnik buyrug‘iga ko‘ra, yana bir marta "kuchli ishlov" dan o‘tishadi. Bunga chiday olmagan Shodiev va Romachev kamerada qon tomirlarini kesishadi.

2004 yil yanvarida shahar prokuraturasi qotillikda yigitchalarning ishtiroki isbotlanmagani sababli tergov ishini to‘xtatdi. 2004 yil sentyabrida viloyat prokuraturasi Angren shahar prokuraturasi qarorini bekor qilib, yana cholning o‘limi yuzasidan tergov boshladi. Va xuddi shu paytda g‘alati tafsilotlar yuzaga chiqa boshladi. Aniqlanishicha, 2003 yil dekabrida Angren shahar ichki ishlar bo‘limi tergovchisi Ibrat Hotamov ko‘chada 21 yoshli Mixail Norqulovni "Jinlupi" televizori ko‘tarib ketayotgan paytda ushlaganligi ma'lum bo‘ladi. Norqulov qonunni buzgani uchun muqaddam sudlanib, bir yil muddatga ahloq tuzatish ishlariga hukm qilingan edi.

"Cholning o‘limi to‘g‘risidagi ishda mana shunday televizor to‘g‘risida gap borgan edi", - deb eslaydi Ibrat Hotamov va Mixailni to‘xtatadi. Mixail televizor opamniki edi, deb o‘zini oqlay boshlaydi. Lekin televizor Mixailning opasiga tegishli emasligi aniqlanadi. Shundan keyin tergovchi uni ichki ishlar bo‘limiga olib keladi. So‘roq paytida Norqulov o‘z sherigi kimligini aytib beradi.

Televizor o‘g‘risining sherigi 27 yoshli Artyom Ovcharov bo‘lib, Ohangaron o‘rmon xo‘jaligida montyor-elektrik bo‘lib ishlar, xotini va farzandi bor edi. Artyom oilasini ta'minlash uchun pul kerak bo‘lganini aytib, o‘zini oqlay boshlaydi. U Shukur Abdullaevning qizi bilan bir joyda ishlar ekan. Ma'lum bo‘lishicha, Artyom ishxonada tasodifan ayol bilan so‘zlashib qoladi va undan keksa otasi yolg‘iz yashashini bilib oladi. Jinoyatchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular faqat o‘g‘irlik qilishmoqchi bo‘lgan, xolos. Lekin chol uyg‘onib qoladi. Shundan keyin Mixail va Artyom Sh.Abdullaevning oyoq-qo‘lini bog‘lab, yordamga chaqirmasin deb, og‘ziga latta tiqadilar. Bechora chol nafasi qaytib jon beradi.

Lekin militsiya ofitseri haqiqiy jinoyatchilarni yashirishga qaror qiladi. Ehtimol, u bir guruh yigitchalar sodir etgan va bo‘limdagilar "fosh" qilgan qotillik sabab, rahbariyatdan rag‘bat kutgandir? Shu tariqa, muhim ashyoviy dalil g‘alati tarzda g‘oyib bo‘ladi.

Oyni etak bilan yopib bo‘larmidi? Natijada Ovcharov va Norqulov qilmishlariga yarasha jazo olishdi. Podpolkovnik Shuhrat Abdullaev esa 2006 yilda jinoyatni yashirishda gumon qilinib, qo‘lga olindi va uch oy tergov izolyatorida yotdi. Ammo "Jinoyat alomatlari yo‘q" ligi uchun hibsdan ozod etildi.

Oradan bir yil o‘tib, sobiq podpolkovnik O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasiga ariza yozib, ichki ishlar organlariga ishga tiklashlarini so‘raydi. Rad javobi olgandan keyin esa O'zbekiston Prezidenti devoniga ariza yozadi.

Uning bu ishini hamkasblari kechirishmadi. Chunki ular bir vaqtlar uning jinoiy ishini yopib yuborishgan edi. Ha, podpolkovnik ariza yozib, xato qildi, deyishdi ular, uyida tinchgina o‘tirsa bo‘lardi. Yo‘q, u o‘zicha haqiqatni izlamoqchi bo‘ldi. Bo‘yniga qotillikni qilmoqchi bo‘lgan besh o‘spirinning taqdiri-chi? Kim biladi, agar haqiqiy qotillar tasodifan topilmaganda, yana qanchalab yolg‘iz keksalar o‘z uylarida o‘lik holda topilarmidi...

Xullas, qo‘l-oyoqlari sinib, turma shifoxonasida yotarkan, sobiq podpolkovnik o‘z qismati haqida o‘ylashga fursat topadi.

Qolaversa, militsiyaga mana shunday soxta statistika ortidan quvadigan, o‘z mansabi yo‘lida o‘zgalar hayotini qurbon qilib yuboradiganlar kerakmikin
Views: 1029 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Апрель 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Login form
Search
Site friends

Statistics