Среда, 2024-05-15, 16.53
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Апрель » 30 » "Ezgulik" jamiyati bilan nomdosh boshqa tashkilotni ro‘yxatga olgan bo‘lishi mumkin
"Ezgulik" jamiyati bilan nomdosh boshqa tashkilotni ro‘yxatga olgan bo‘lishi mumkin
00.24

 "Ezgulik" jamiyati bilan nomdosh boshqa tashkilotni ro‘yxatga olgan bo‘lishi mumkin

NewsUz - Adliya vazirligi O'zbekiston inson huquqlari "Ezgulik" jamiyati bilan nomdosh boshqa tashkilotni ro‘yxatga olgan bo‘lishi mumkin. Agar ushbu taxmin tasdiqlansa,  adliya idorasi "Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida"gi qonun talabini buzgan bo‘lib chiqadi.  Jamiyat vakilining ma'lum qilishicha...

O'zbekiston Milliy axborot agentligi shu yilning 14 aprelida Qashqadaryo viloyatida "Ezgulik" ayollarni qo‘llab-quvvatlash markazi ish boshlagani haqidagi xabar tarqatdi. Ma'lum bo‘lishicha, Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilot ayollarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, ularning oila va jamiyatdagi mavqeini oshirishni maqsad qilgan. Agentlik muxbiri A. Muhammadiev tashkilot rahbari Xalfiya Davletova bilan suhbat qurarkan, suhbatdosh markazning respublika bo‘ylab kengayishini ta'kidlaydi.

Bu xabar "Ezgulik" jamiyatini hayron qoldirdi. Chunki mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, bir nomdagi nodavlat tashkilotining ikkinchi marta ro‘yxatga olinishi mumkin emas.
Bu masalada jamiyat Adliya vazirligining Jamoat tashkilotlarini ro‘yxatga olish boshqarmasiga murojaat qildi.

Boshqarma boshlig‘i Jalol Abdusattorov esa jamiyat rahbari Vasila Inoyatovaga vaziyatni  Qarshidagi "Ezgulik"  huquqiy markaz, ularniki esa jamiyat ekani bilan izohlagan. Jamiyat rahbariyati esa markazmi, jamiyatmi - bular umumiy tarzda nodavlat tashkilot deb atalishi va ularni bir nom bilan ro‘yxatga olinmaydi degan fikrda.

Qiziq jihati, Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi ularda bunday nomdagi tashkilot umuman ro‘yxatga olinmaganini ma'lum qilgan. O'zbekiston Milliy axborot agentligi esa bu boradagi ma'lumotlar mutasaddi idoralardan olingani, ularning qo‘lida barcha tegishli hujjatlar mavjudligini qayd etgan.
Shu munosabat bilan "Ezgulik" jamiyati Adliya vazirligi rahbariyatidan mazkur qonun buzilishi holatiga izoh berishni so‘ragan. Aksincha holatda esa adliya ro‘yxatga olmagan tashkilot faoliyati haqida rasmiy xabar chop etgan Milliy axborot agentligining raddiya berishini kerakligini eslatgan.

Jamiyat vakili nohukumat, notijorat tashkilotlarning ko‘payishi tarafdori ekani, raqobatdan cho‘chimasligi, ayni paytda bir nom bilan ikki tashkilotning ro‘yxatga olinishi ortida g‘arazli maqsad, fitna bo‘lishi ehtimolini e'tirof etgan.

2003 yilning mayida tashkil etilgan «Ezgulik» jamiyati mamlakatda rasman ro‘yxatdan o‘tgan sanoqli nodavlat tashkilotlardan biri.

Views: 893 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Апрель 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Login form
Search
Site friends

Statistics