Среда, 2024-05-15, 08.00
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Апрель » 30 » Yevropa sudida yana o‘zbeklar mavzusi
Yevropa sudida yana o‘zbeklar mavzusi
00.26
Yevropa sudida yana o‘zbeklar mavzusi
25.04.2008 y.

 NewsUz - Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi O'zbekiston fuqarosi, ekstremizmda gumon qilinayotgan Dilshod Qurbonovni Rossiyadan majburiy tartibda vataniga ekstraditsiya qilishni taqiqlash tog`risida qaror qabul qildi. O'zbekiston huquq idoralari Rossiyadan uni zudlikda yuborishni so‘rayotgan edi.

Esktradiyani to‘xtatish to‘g‘risidagi Yevropa sudi qarori Rossiya hukumatiga taqdim etilgan.

Bundan avvalroq Dilshod Qurbonovning esktraditsiya qilish to‘g‘risidagi qaror ustidan yozgan shikoyati e'tiborsiz qoldirilgani xususida xabar bergan edik.
Strasburgdagi yig‘inda Yevropa sudi Rossiya tomonini Andijon voqealariga aloqadorlik ayblovi bilan O'zbekistonni tark etishga majbur bo‘lgan 13 tadbirkor huquqini buzganlikda ham aybladi. Bunga ko‘ra, vatanini majburan tark etgan fuqarolar yigirma oy davomida hibsda ushlab turilgan va ularning huquqlari buzilgan.

Yevropa sudi qarorida har bir sudlanuvchiga 23,910 dollar tovon, ularning barchasiga umumiy hisobda sud xarajatlari uchun 28,228 ming dollar to‘lanishi lozimligini aytgan.

Yevropa sudi a'zosi sifatida Rossiya Strasburgda chiqarilgan qarorga bo‘ysunishi kerak. Lekin tartib-qoidaga ko‘ra, rus rasmiylari uch oy ichida mahkama qarori ustidan shikoyat yozishi mumkin. Kuzatuvchilarga ko‘ra, Rossiya Yevropa sudi qarorini shikoyatsiz ham bajarmasligi mumkin. Chunki u odatda tavsiya xarakteriga ega bo‘ladi.

Views: 1037 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Апрель 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Login form
Search
Site friends

Statistics