Четверг, 2024-05-16, 00.53
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Апрель » 30 » Nikolay Bordyuja gaplashmoqchi bo‘lgan jiddiy masala
Nikolay Bordyuja gaplashmoqchi bo‘lgan jiddiy masala
00.30
Nikolay Bordyuja gaplashmoqchi bo‘lgan jiddiy masala
28.04.2008 y.

 NewsUz. Kecha 27 aprel kuni Toshkentga Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti bosh kotibi Nikolay Bordyuja keldi. Tashrif arafasida tashkilot bosh kotibi O‘zbekiston rahbariyati bilan xavfsizlik borasida chuqurroq muhokama qilish kerak bo‘lgan mavzular borligiga ishora qilgan. Uchrashuvlar shu maqsadda o`tkazildi.

Tashkilot matbuot kotibi Vitaliy Strugovetsga ko‘ra, tashrif davomida O‘zbekistonning yuqori lavozimdagi rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi belgilangan.

Xabarlarga qaraganda, bosh kotibni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov, mudofaa vaziri Ruslan Mirzaev, Milliy xavfsizlik kengashi bosh kotibi Murod Ataev va boshqa bir qator rasmiylar qabul qilgan.

Rasmiy munosabatga ko‘ra, tomonlar har galgidek terrorizm, narkotikaga qarshi kurash hamda xalqaro xavfsizlikka doir boshqa masalalarni muhokama etishgan.

So‘nggi paytlarda O‘zbekistonning G‘arb harbiy tashkilotlari, xususan, NATOning bilan aloqalari tobora yaqinlashib borayotgani kuzatilyapti. O‘zbekiston rahbari bir necha yillik tanaffusdan keyin Ruminiyada o‘tgan NATO majlisida ham ishtirok etdi. Bu esa Rossiya hamda eski ittifoqchi kuchlarning xavotiriga sabab bo‘lyapti. Tahlilchilar ko‘ra, Nikolay Bordyujani Toshkentga yetaklagan kuch ham ana shu xavotir va tashvish tuyg‘usidir. Nikolay Bordyuja O‘zbekiston rahbariyati bilan jiddiy tartibda muhokama etadigan masalalar mavjudligini aytganda ham ana shu jihatga e'tiborga olgan bo‘lishi mumkin.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga 1992 yilning 15 mayida Toshkentda Rossiya, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari tomonidan asos solingan. Keyinroq tuzilmaga Ozarboyjon, Gruziya va Belorus qo‘shildi. 1999 yili tashkilotdan O‘zbekiston, Gruziya, Ozarboyjon chiqib ketdi. 2006 yilning 13 dekabrida mamlakat rahbari Islom Karimov imzolagan hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston KXShTga a'zolikni tiklashni
Views: 934 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Апрель 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Login form
Search
Site friends

Statistics