Среда, 2024-05-15, 17.44
 "HIMOYACHI"
 
Halqaro Huquq Himoyachilari  Jamiyati
ЎЗБЕКЧА  РУССКИЙ ENGLISH  SVENSKA  AF SUMALI  العربيه 
MainRegistrationLogin
Welcome, Гость · RSS
Site menu
Our poll
Rate my site
Всего ответов: 12
 
Main » 2008 » Апрель » 30 » Namangandan Londonga “yurish”
Namangandan Londonga “yurish”
00.37
Namangandan Londonga “yurish”
29.04.2008 y.

 NewsUz.. Taniqli biznesmen Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng boy kishilari ro‘yxatida ilk bor beshinchi o‘rinda qayd etildi. Ishbilarmonning sarmoyasi 5,7 milliard funt sterlingga baholandi. Asli namanganlik biznesmen Rossiyada o‘zbek milliy qatlamining yetakchi vakili sifatida tilga tushgan.

Alisher Usmonovning mashhurligi faqat bu bilan emas. Bir necha yil oldin Rossiya rahbari Vladimir Putin tomonidan O‘zbekiston prezidentligiga Alisher Usmonov nomzodi ilgari surilishi to‘g‘risidagi ovozalar ham paydo bo‘lgandi...

U 1953 yilning 9 sentyabrida Namangan viloyatining Chust shahrida tug‘ilgan. 1976 yili Moskvadagi xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan. Ma'lumotlarga qaraganda, ayni o‘sha institutdagi tahsil yillari u keyinroq prezident Vladimir Putinning maslahatchisi bo‘lgan Sergey Yastrjembskiy bilan tanishgan (Bu tanishuv bo‘lg‘usi biznesmenning kelgusi faoliyatida ko‘p asqotgan). Alisher Usmonov Moskvadagi tahsildan keyin Toshkentda bir necha yilgina ishladi. 1980 yili bo‘lajak millioner KGBda xizmat qiluvchi Nasimov ismli yigit bilan birga tovlamachilik jinoyati uchun Turkiston harbiy okrugi tribunali tomonidan 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. O‘sha paytda Toshkent shahri prokurori bo‘lgan otasi ham o‘g‘li tufayli ishdan ketdi.

U 1986 yili, muddatdan oldin ozodlikka chiqdi. Qamoqdan chiqiboq Rossiyaga ravona bo‘lgan Alisher Usmonov shu-shu katta mamlakatda qolib ketdi.

Bugun Alisher Usmonov Rossiyadagi yirik kompaniyalardan biri - "Gazprominvestxolding" bosh direktori sanaladi. Shuningdek, "Mediaxolding" kompaniyasi, "Kommersant" nashriyot uyi ham uning ixtiyorida. O‘zbekistonlik tadbirkor bunga-da qanoat qilmasdan "Metalloinvest" xoldingining asosiy aktsiya paketi hamda Angliyaning mashhur "Arsenal" futbol klubiga ham egalik qilyapti.

Views: 1096 | Added by: himoyachi | Rating: 0.0/0 |
Создать бесплатный сайт с uCoz
News calendar
«  Апрель 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Login form
Search
Site friends

Statistics